Get Mystery Box with random crypto!

CSSni o'yin o'ynab o'rganing Qiziqarli o'yin bilan bilimlar o | It-edu Uzbekistan

CSSni o'yin o'ynab o'rganing

Qiziqarli o'yin bilan bilimlar oson o'zlashtiriladi! Tasavur qiling miriqib o'yin o'ynaysiz va CSSni o'rganib olasiz. Internetda bu masalada sizga yordam beruvchi ba'zi saytlar mavjud.

- Grid Garden
CSS Grid'ni o'rganishga ko'maklashadi. Bog'ni tartibga soling va o'yinda g'olib bo'ling. Shu bilan birga CSS Grid bo'yicha bilimlaringizni mustahkamlab olasiz

- Grid Critters
O’yin sizga CSS Grid'ni o’zlashtirishga ko’maklashadi. Siz kosmik kemani boshqarasiz va Grideros sayyorasi aholisini Grid yordamida himoya qilasiz.

- Flexbox froggy
CSS Flexbox'dan foydalanib qurbaqalarni o'z o'rniga qaytarishga yordam bering. O'yin 24 ta bosqichdan iborat bo'lib barchasi juda qiziqarli. Oxirgi bosqichdan siz ham o'ta olasizmi buni hoziroq tekshiring

- Flexbox Zombie
CSS Flexbox'ni epchillik bilan o'rganing. Buni zombilarga qarshi ishlating. O'yin 12 bosqichdan iborat. Buning uchun saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

- CSS Diner
CSS ni ham o’zlashtirishga, ham sahifalashning tayanch qoidalarni eslashga yordam beradi. Mahsulotlarni joylashtiring va dasturxonni to’g’ri buyruqlar orqali bezating, o'yin esa ko’rsatmalar bilan yordam beradi. Oson tuyulishi mumkin, ammo bo’shashmang – bu yerda 32 ta bosqich, har biridan so’ng vazifalar murakkablashib boradi.

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!