Get Mystery Box with random crypto!

Frontend - haqida Frontend – Saytning manzilini brauzerda yo | It-edu Uzbekistan

Frontend - haqida

Frontend – Saytning manzilini brauzerda yozib, unga tashrif buyurganimizda ko’rinadigan qismi. Bu saytning asosiy sahifasi, maqolalar sahifasi, qidiruv sahifasi va hokazolar bo’lishi mumkin. Har qanday foydalanuvchi saytga tashrif buyurganda saytning frontend qismini ko’radi.

Frontend usta (frontend developer) saytning HTML, CSS va JavaScriptda tayyorlanishi uchun mas’ul bo’ladi. Zamonaviy sayt tayyorlash texnologiyalari bilan bugungi kunda frontend ustalar ishlari faqat bu bilan cheklanib qolmayapti. Bugun frontend ustalar kechagi oddiy verstka qiluvchilar emas. Ular endilikda saytlarning responsive (moslashuvchan) bo’lishi, barcha ekranlarda bir xil ko’rinishi, saytdan foydalanishdagi qulayliklar haqida o’ylashlari kerak bo’ladi. Demak, kechagina dizayner chizib bergan sayt rasmiga HTML, CSS va JavaScript yordamida jon bag’ishlagan frontend ustalar bugungi kunda saytning ko’proq jihatlari ustida ishlashmoqda va backend ustalar ishidan hech ham qolishmaydigan qiyinchilikdagi vazifani bajarishmoqda.

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!