Get Mystery Box with random crypto!

IT uchun | IT va texno blog

Telegram kanalining logotibi it_uchun — IT uchun | IT va texno blog I
Telegram kanalining logotibi it_uchun — IT uchun | IT va texno blog
Kanal manzili: @it_uchun
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 28
Kanalning ta’rifi

✅ Kanal — IT sohasi va sohaga qiziquvchilar, soha mutaxassislari uchun xizmat qiladi.
Kanalda asosan:
▪️IT va texno yangiliklar
▪️Sohaga oid maqola va ma'lumotlar
▪️Foydali materiallar joylab boriladi
👉 Taklif, savol va mulohaza — @IT_uchun_aloqa

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2021-05-01 18:26:58
"Otamning bir yil to'plagan puli - Amerikaga yetib borish uchun bilet pulim bo'lgan"

2019-yil 1-dekabrdan beri Google va Alphabet kompaniyalarida direktor lavozimida ishlab kelayotgan hindistonlik Sundar Pichai o'z otasi bilan juda ham faxrlanishini aytib intervyu bergan. Chunki uning otasi bir yil davomida ishlagan pullarini to'plab o'g'lining Amerikaga uchish bilet pulini bergan. U Googlega 2004-yil ishga kirgan va oradan 11 yil o'tib direktor darajasiga ko'tarilgan

Bilim uchun yo'naltirilgan investitsiya o'z samarasini bergan. Aytgancha, ko'plab kompaniyalarda hindistonliklarni uchratish mumkin. Menimcha, Hindiston o'z kelajagi bo'lgan farzandlari uchun Tiktokni bloklagan, ya'ni fikri chalg'imasin degan maqsadda. Shunaqa gaplar...

Biznes va IT

@IT_uchun
89 views15:26
Ochish/sharhlash
2021-04-29 19:54:37
Elektromobillar hakerlar tomonidan boshqarilishi mumkinmi? Afsona va haqiqat

Elektromobillar hakerlar tomonidan osongina buzib kirib, boshqarilishi asosan faqatgina fantastik filmlarda uchrar edi. Ammo...

Ammo, 13 soat oldin Ralf-Filip Veinman va Benedikt Shmotzle bunday holat real hayotda ham ilojsiz emasligini isbotlab berishdi. 36 daqiqalik amaliyotdan so'ng ular Tesla Model Xning eshiklarini ochishga muvaffaq bo'lishdi. Hech bir avvaldan ichkaridan ulangan qurilmasiz, shunchaki dronda mashina tepasiga olib borilgan wi-fi qurilmasi orqali buni eplashdi. Videoni bu yerda ko'rishingiz mumkin.

Tez orada barcha kamchiliklar bartaraf etiladi.

Fikringiz qanday?

@IT_uchun
102 views16:54
Ochish/sharhlash
2021-04-28 14:57:36
Telegramda kutilayotgan super o'zgarishlar

Pavel Durov o'z kanalida xabar berishicha Telegramni qudratli video konferensiya vositasiga aylanishi uchun may oyida bir qancha yangilanishlar kiritiladi.

Ovozli chatlarda video qo'shish, video-majlislar, screensharing (o'z ekraningizdagi tasvirni baham ko'rish), shifrlash, shovqinni yo'qotish kabi yangilanishlar va zamonaviy video konferensiya platformalarida bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday afzalliklarni endi Telegramda ham ko'rasiz.

P.s: Zoom sinadiganga o'xshaydi

Fikringiz qanday?

@IT_uchun
75 viewsedited  11:57
Ochish/sharhlash
2021-04-26 11:02:01
Google kompaniyasining eng yosh ishchisi bu Tanmay Bakshi.

— U 13 yoshida Google kompaniyasida ish boshlagan.

— 14 yoshida esa u 1.25 million dollar ishlab topgan.

P.S: bizni 14 yoshli Qulmamat esa mollarni qornini do'mbira qilib boqib keladi... Malades !

ITMasters

@IT_uchun
1.0K views08:02
Ochish/sharhlash
2021-04-26 04:16:04
Bolalar uchun Instagram

Facebook
bolalarning kundan kunga ijtimoiy tarmoqlarga qiziqishi oshib borayotganini hisobga olgan holda, Instagramning 13 va undan kichik yoshli bolalar uchun maxsus talqinini ishlab chiqarishini ma'lum qildi. "Instagram kids" deb ataluvchi ushbu ilovada, bolalarning barcha harakatlari ota-onalar tomonidan nazorat qilinish mumkin bo'ladi.

Avvalroq, 2017-yilda Messengerning ham bolalar uchun Messenger kids talqini taqdim etilgan edi.

Sizningcha bolalar yoshligidan ijtiomoiy tarmoqlar qamrovida tarbiyalanishi to'g'rimi?

@IT_uchun
175 views01:16
Ochish/sharhlash
2021-04-25 07:51:49
Omadsizdan milliardergacha

2009-yil
o'rtalarida Brayn Akton shunchaki hech kim ishga olmagan, ancha omadsizliklarga, mag'lubiyatlarga uchragan oddiy dasturchi edi. Avgust oyida Facebokga ishga topshirdi va qabul qilinmadi.

Lekin u "Peshonamda yozilgani shu ekanda" deb taslim bo'lib, Rossiyaga qurilishga ketmadi. Yangi g'oyalar ustida ishladi va do'sti Yan Koum bilan WhatsApp messenjerini yaratdi.

2014-yil fevralida esa Braynni ishga qabul qilmagan Facebook WhatsAppni 19 milliard dollarga sotib oldi.

Hozirda Brayn ixtirosining 1.5 milliarddan ortiq foydalanuvchilari mavjud. Dunyo bo'ylab WhatsApp har soniyada 12 marta yuklab olinadi va mullajiring ham yaxshigina kelib turibdi. WhatsApp yillik foydasi o'nlab mamlakatlar va hatto NASAnikidan ham yirikroq.

@IT_uchun
457 views04:51
Ochish/sharhlash
2021-04-24 05:40:51
Bitta kompyuterga ikki xil operatsion tizim o'rnatish mumkinmi? Yohud virtual mashinalar haqida.

Aytaylik, siz Windows o'rnatilgan kompyuter ishlatasiz va Mac uchun dastur yozasiz, yoki Linux ishlatasiz ammo Windows uchun yaratilgan o'yinni o'ynagingiz keldi.

Bunday vaziyatda qo'shimcha kompyuter sotib olishingizga hojat yo'q. Virtual mashinalar sizni qutqaradi.

Virtual mashina — bu kompyuteringiz ichidagi qo'shimcha kompyuter. Unga har qanday operatsion tizim, dastur o'rnatishingiz mumkin. Texnik jihatlarni esa kompyuteringizdan olib turadi. Masalan, kompyuteringiz xotirasi 500 GB, virtual mashinangizga 100 GB berasiz. va asl kompyuteringizda 400 GB qoladi.

Virtual mashinalarni o'rnatish uchun asosan VMWare va VirtualBox dasturlaridan foydalaniladi. Qanday foydalanishni esa YouTube o'rgatadi.

Sizningcha qaysi operatson tizim eng qulay?

@IT_uchun
154 viewsedited  02:40
Ochish/sharhlash
2021-04-23 19:36:09
Eng ko'p kiriladigan saytlar qaysilar?

Statistik ma'lumotlarga qaraganda eng ko'p tashrif buyuriladigan top-5 veb-saytlar quyidagilar ekan:

Google.com — yiliga 92.5 milliard;
YouTube.com — yiliga 34.6 milliard;
Facebook.com — yiliga 25.5 milliard;
Twitter.com — yiliga 6.6 milliard;
Wikipedia.org — yiliga 6.1 milliard.

Eng ko'p ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarga egalik qilish bo'yicha esa Facebook 2.8 milliard foydalanuvchi bilan peshqadamlikni qo'ldan boy bermayapti. Ya'ni hozirgi kunda har 4 kishidan birida Facebook akkount bor.

Siz qaysi vebsaytdan ko'proq foydalanasiz va sizningcha eng yaxshi ijtimoiy tarmoq qaysi?

@IT_uchun
294 views16:36
Ochish/sharhlash
2021-04-20 19:05:49
Photoshop otasi vafot etdi.

Adobe kompaniyasi asoschisi va .pdf formatining yaratuvchilaridan biri Charles Geshke juma kuni 81 yoshida vafot etdi. Adobe Photoshop, Illustrator, Premiere Pro va bir nechta shu kabi dasturlarning yaratilishiga ulkan hissa qo'shgan ushbu insondan minnatdor bo'lsak arziydi!

@IT_uchun
587 views16:05
Ochish/sharhlash
2021-04-19 10:28:37
Dasturchilar uchun roadmaplar

Ushbu sayt orqali dasturlashning o'zingiz o'rganmoqchi bo'lgan yo'nalishi bo'yicha mutaxassis bo'lgunga qadar barcha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi roadmaplarni topasiz.

Link: Roadmap.sh

@IT_uchun
364 viewsedited  07:28
Ochish/sharhlash