Get Mystery Box with random crypto!

Omadsizdan milliardergacha 2009-yil o'rtalarida Brayn Akton | IT uchun | IT va texno blog

Omadsizdan milliardergacha

2009-yil
o'rtalarida Brayn Akton shunchaki hech kim ishga olmagan, ancha omadsizliklarga, mag'lubiyatlarga uchragan oddiy dasturchi edi. Avgust oyida Facebokga ishga topshirdi va qabul qilinmadi.

Lekin u "Peshonamda yozilgani shu ekanda" deb taslim bo'lib, Rossiyaga qurilishga ketmadi. Yangi g'oyalar ustida ishladi va do'sti Yan Koum bilan WhatsApp messenjerini yaratdi.

2014-yil fevralida esa Braynni ishga qabul qilmagan Facebook WhatsAppni 19 milliard dollarga sotib oldi.

Hozirda Brayn ixtirosining 1.5 milliarddan ortiq foydalanuvchilari mavjud. Dunyo bo'ylab WhatsApp har soniyada 12 marta yuklab olinadi va mullajiring ham yaxshigina kelib turibdi. WhatsApp yillik foydasi o'nlab mamlakatlar va hatto NASAnikidan ham yirikroq.

@IT_uchun