Get Mystery Box with random crypto!

2. Sizga kerak bo‘lmagan fayllarni o‘chirib tashlang! Bugungi | IT | Ishkal

2. Sizga kerak bo‘lmagan fayllarni o‘chirib tashlang!

Bugungi kunda qattiq diskning 200 GB joyini bir zumda to‘ldirib qo‘yish mumkin. Va qattiq disk to‘lib borgan sari kompyuterning siz bergan "komanda"ni bajarishi ham mushkullashib boraveradi.

Balki sizning kompyuteringiz xotirasida juda ko‘p joyni egallab yotgan, ammo sizga zarur bo‘lmagan eski fayllar bordir.

Balki bu fayllarning borligi sizning yodingizdan ham chiqib ketgandir.

— Hozir qayerda qanday eski fayl saqlanayotgani topib beradigan programmalar ham ko‘p. Misol uchun SpaceSniffer yoki WinDirStat dasturlari xotirani eng ko‘p egallab turgan fayllarni osonlik bilan topib berishda yordamlashadi.

3. Programmalarning avtomatik ishga tushishi oldini oling!

— Bu kompyuteringizni endi qo‘shgan vaqtingizda tez ishlab ketishi uchun zarur amaldir.

Chunki kompyuterni ishga tushirishingiz bilan ko‘plab applikatsiya va dasturlar ham ishga tushib ketadi. Biroq ularning hammasi ham aynan hozir sizga kerak emas-ku, to‘g‘rimi?

— Kompyuter qo‘shilishi bilan qaysi programmalar ishga tushib ketishini aniqlab olish qiyin emas.

— OS X dasturida Activity Monitor va Windowsdagi Task Manager sizga hozir qaysi programmalar ishlab turganini ko‘rsatadi. Agar qo‘lingiz ostidagi Mac bo‘lsa, System Preferences yoki Sistemnye nastroyki bo‘limiga boring, undan Users and Groups yoki Guruhlar va foydalanuvchilar papkasiga borib, qaysi protsessni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, to‘xtating.

— Agar PC dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, undagi Autorunni ishga solib avtomatik ishlab ketadigan programmalarni nazorat qilishingiz mumkin.

Davomi keyingi postda...

Kanalimiz havolasi
@it_ishkal