Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuter tezligini oshirishning 5 yo‘lini o‘rganing! 'Axir b | IT | Ishkal

Kompyuter tezligini oshirishning 5 yo‘lini o‘rganing!

"Axir bu kompyuterni yaqindagina sotib oluvdim-ku! Nega bir programmani buncha uzoq vaqt ochadi bu?", deya asab bo‘layapsizmi?

Aslida yaxshilab eslab ko‘ringchi, necha yil bo‘ldi yangi kompyuteringizni sotib olganingizga?

6 yil deysizmi?

— Agar siz axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lmasangiz, lekin kompyuteringizni almashtirish niyatingiz bo‘lmasa, @it_ishkal sizga kompyuteringiz tezligini oshirishning bir necha sodda yo‘lini ko'rsatib o'tadi:

1. Defragment yoki kompyuterning qattiq diskini defragmentatsiya qilish

— Siz balki defragmentatsiya so‘zining ma‘nosini bilmassiz, lekin defragmentatsiya degan amal kompyuterning faoliyat yuritishi uchun qanchalar muhim ekanini tushunsangiz hayratga tushishingiz tabiiy.

— Vaqt o‘tishi bilan har qanday zamonaviy qattiq diskning ishlash tezligi pasayib qoladi. Bunga disk ichida fayllar to‘planib qolgani sabab bo‘ladi. Odatda qattiq diskka fayllar yozib olinadi va o‘chirib tashlanadi. Buning natijasida har yil fayllarning har xil fragmentlari yoki bo‘laklari qattiq diskning har xil qismlarida saqlanib qolib ketadi. Bunday holat esa siz qidirgan faylni topish va uni ochishga sarflanadigan vaqt cho‘zilishiga olib keladi.

— Disk to‘lib ketishi oldini olishning oson yo‘li - fayllarni turiga qarab turli qutilarda saqlashni odat qilish. Bunda siz qattiq disk xotirasidagi bo‘sh joyni ko‘paytirish bilan birga o‘zingizga kerakli faylni qidirib topishni ham osonlashtirasiz.

— Defragmentatsiya qilish qiyin ish emas. Buni siz uchun maxsus programmalar bajarib berishadi. Misol uchun Smart Defrag 3 (Microsoft Windows 8.1 uchun) yoki iDefrag (Apple’s OS X uchun)

Davomi keyingi postda...

Kanalimiz havolasi
@it_ishkal