Get Mystery Box with random crypto!

Janoza va mayyitni yuvish haqidagi boblar 1-qism | Fiqh saboql | Islom.uz

Janoza va mayyitni yuvish haqidagi boblar 1-qism | Fiqh saboqlari

Hidoya 89-son

Quduriy rahmatullohi alayh aytadi: «Agar imom bo‘lsa, bomdod, shom va xuftonning avvalgi ikki rakatida qiroatni jahriy (tovush chiqarib) o‘qiydi va qolgan ikki rakatida qiroatni maxfiy qiladi». Bu hukm mutavoris bo‘lgan hadisga ko‘radir.

Agar yolg‘iz namoz o‘quvchi bo‘lsa, u ixtiyoriydir, xohlasa o‘zi eshitadigan darajada tovush chiqarib o‘qiydi. Chunki u o‘ziga o‘zi imomdir. Agar xohlasa maxfiy qiroat qiladi. Chunki uning orqasida uni eshitadigan kishi yo‘q.

Izoh: Mutavoris — lug‘atdagi maʼnosi «meros bo‘lib kelayotgan». Bu yerda hadislarning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sahobalarga, ulardan tobeʼinlarga, ulardan keyingi avlodlarga meros bo‘lib naql qilib kelinayotganligiga ishora bor.

Muallif: Burhoniddin Marg'inoniy

Ustoz: A'zamjon domla Qambarov

Hidoya sharh bidoyatil-mubtadi



Premyera

@islomuz