Get Mystery Box with random crypto!

​​Ona tili - bu millatning ruhidir Buyuk ma'rifatparvar bobom | Islom Karimov

​​Ona tili - bu millatning ruhidir

Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so‘zlari bilan aytganda, «Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur».

Bu haqda gapirganda, mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg‘in, ba'zida keskin va murosasiz bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tgani beixtiyor yodimizga tushadi. O‘shanda ayrim siyosiy guruhlar O‘zbekiston sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlarni olg‘a surgan, shuning hisobidan o‘ziga obro‘ topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan edi. Nega deganda, til bilan bog‘liq muammolar orqali milliy tuyg‘ularni ro‘kach qilib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin.

Mana shunday o‘ta qaltis va murakkab vaziyatda agarki ozgina ehtirosga berilsak, hushyorlikni yo‘qotsak bormi, arzimagan uchqundan o‘t chiqib ketishi hech gap emasdi. Markazda va o‘zimizda qulay bahona kutib, payt poylab turgan imperiyaparast kuchlarga aynan shu narsa kerak edi. Ammo biz ular kutgan yo‘ldan bormadik. Og‘ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishdik.

Islom Karimov.
“Yuksak ma'navit yengilmas kuch”.
2008 yil.

@IslomKarimov