Get Mystery Box with random crypto!

“Bizda bundan ham chiroyliroq joylar ko‘p!” U Vatanini, xalqi | Islom Karimov

“Bizda bundan ham chiroyliroq joylar ko‘p!”

U Vatanini, xalqini chin yurakdan yaxshi ko‘rardi. Shunchalik yaxshi ko‘rardiki, qiyosi yo‘q edi. Masalan, bir yili Braziliyaga bordik. Mehmonxonaga joylashdik. Islom Karimovning xonasining derazasidan okean, sohil, pal'malar ko‘rinib turardi. Juda go‘zal manzara edi. Manzaraga qarab “Go‘zallikni qarang!” deb hayratimni bildirganimda, u kishi “Bizda bundan ham chiroyliroq joylar ko‘p!” degandi. Bu so‘zlar uning qalbidan chiqqan samimiy so‘zlar edi.

Islom Karimovning shifokori Vyacheslav Avakov xotiralaridan.

@IslomKarimov