Get Mystery Box with random crypto!

#Kun_tarixi 1993 yil 24 iyun, Birinchi Prezidentimizning tash | Islom Karimov

#Kun_tarixi

1993 yil 24 iyun, Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan «O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi.

Farmonda shunday deyilgan,
Matbuot va ommaviy axborot vositalarining davlat istiqlol g‘oyalarini targ‘ib etish, yangi demokratik jamiyat qurishda, aholini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlarini e'tirof qilgan holda, shuningdek jurnalistlar jamoalari, adiblar, olimlar va keng jamoatchilikning ko‘plab takliflarini inobatga olib:
1. Respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib 27 iyun' belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilsin.

@IslomKarimov