Get Mystery Box with random crypto!

Sizni qobilyatsiz va uquvsizlikda ayblashmoqdami? Unutmang, s | Mushtariy Abdullayeva/Psixolog

Sizni qobilyatsiz va uquvsizlikda ayblashmoqdami?
Unutmang, siz nodir qobilyatlar egasisiz. Boshqalar ularni ko'ra olmas ekan, bu sizning muammoyingiz emas.
Sizni tashqi ko'rinishingizni muhokama qilishmoqdami?
Yodda tuting, sizni Go'zal Zot, go'zallikni sevuvchi Zot yaratgan. Siz mukammal qilib yaratilgansiz. Bu borada gap- so'z bo'lishi mumkin emas. Sizni muhokama qilayotganlar insonning yuz tuzilishiga, tana a'zolarining joylashishiga diqqat bilan qarasin, tafakkur qilsin! Ularning birortasi o'z joyidan 1sm teparoqda yoki pastroqda joylashganda qanday bo'lar edi?!
Sizni xarakter xususiyatlaringizni, odatlaringizni "nazorat" qilishyaptimi?
Nega ular faqat meni ortimdan gapirishadi deb hayron bo'layotgandirsiz. Siz ularga o'zlaridanda qiziqroqsiz, o'zlaridan ko'ra e'tiborga loyiqsiz. Shuning uchun ham ular o'zlarini butunlay unutgan hollarida kuchini, diqqatini sizga sarflashadi.

@islomiypsixologiya_uz
kanaliga ulanish

https://t.me/+oHQQIqk8g_ljMGU6