Get Mystery Box with random crypto!

​#Qutlov Bugun shoir Shahriyor Shavkat tavallud topgan kun! | Islom ALI ijodi

​#Qutlov

Bugun shoir Shahriyor Shavkat tavallud topgan kun!

Shahriyor Shavkat 1998-yili 23-yanvarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Ruhim qushlari” kitobi chop etilgan.
2020-yilda Respublika yosh ijodkorlari kengashi tomonidan tashkil etilgan “Duel” adabiy tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi.
O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabasi.
“Mahalla” teleradiokanali katta muharriri.

* * *
Men oshiq emasman
va yoki shoir,
Deyishim ham qiyin “raso insonman”.
Bir dam o‘zingizni o‘rganmoq uchun
Sizga yuborilgan parcha imkonman.
Kulasiz.
Ranjiysiz.
Tuyasiz tahqir.
Men chidab beraman bari-bariga.
Hamma havas bilan qaraydi axir
Umrida ko‘rmagan havo shariga.
Ba’zan bug‘lanadi tafakkur bahsi,
Yechimlar janglarning homilasidir.
Ehtimol sevgi ham sevgimas asli
Hissiy xohishlarning hosilasidir…
Men oshiq emasman
Va yoki shoir,
O‘rganib yuribman dunyoni, xolos.
Menga taqdim etar bir olam fikr,
Bir qadar ziddiyat,
Qatra ehtiros.
Fe’lim shu –
Barchaning zavqiga hokim
Bo‘lmoq ilinjida aytmoq qo‘shiqlar,
Ammo bir pand bersa menga biror kim,
Unga yopiladi barcha eshiklar!
Poyonsiz bo‘shliqda adashar idrok,
Obro‘ deb ruhingni qiynamoq nechun?!
Menga hamroh kerak fikru zikri pok
Eng toza turkular kuylamoq uchun!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz