Get Mystery Box with random crypto!

#muhim Fuqarolar diqqatiga: Haydovchilik guvohnomasiga o‘qis | Islohot.uz | Расмий Канал

#muhim

Fuqarolar diqqatiga: Haydovchilik guvohnomasiga o‘qish uchun hali ham kech emas, keyin har qancha e’tiroz qilmang, befoyda bo‘ladi

Murojaatda aytilishicha, o'qish vaqtida mashg'ulotlarga qatnashmasdan yurish fuqaroning o'ziga zarar. Chunki haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan imtihonlar inson omili cheklangan, avtomatlashtirilgan avtodromdan olinishidan tashqari, u haydovchilikka nomzodning darslar va mashg'ulotlarda qatnashishi, ichki imtihonlardan o'tgan yoki o'tmaganini tekshirib, keyin yakuniy imtihonlarga ruxsat beradi.

Unutmang, imtihonlardan o‘tish uchun birgina imkoniyatingiz bor – bu ham bo‘lsa yaxshi o‘qish, yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirish va avtomototransport vositasini boshqarishni mukammal o‘rganishdir.

Kerakli malakaga ega bo‘lmasdan, korrupsion yo‘llar orqali haydovchilik guvohnomasini olish haqida o‘ylash endilikda ilojsiz va noto‘g‘ri qaror ekanligi haqida ogohlantiramiz,
- deyiladi murojaatda.

Haydovchilar uchun kanal!