Get Mystery Box with random crypto!

Telegramda virus tarqalmoqda So‘ngni ikki-uch kun ichida O‘zb | Mehnat.uz

Telegramda virus tarqalmoqda

So‘ngni ikki-uch kun ichida O‘zbekistondagi Telegram ijtimoiy tarmog‘ida har xil viruslar tarqatilib, bundan fuqarolar aziyat chekmoqda. IIV Kiberxavfsizlik markazi Telegram foydalanuvchilarini ogohlikka chaqirdi.

Deyarli barchaning Telegram akkauntiga "Iltimos, menga ovoz bering" shaklidagi xabarlar kelib tushmoqda. Ushbu xabarlarni tarqatishdan asosiy maqsad sizning akkauntingizni, undagi maxfiy yozishmalar, video yoki foto ma’lumotlarni egallab olishdan iborat.

Bu kabi holatlar bank plastik kartalari bilan bog‘liq ilovalarda ham kuzatilishi mumkin.

“Agar sizga bu kabi xabar kelib tushgan bo‘lsa va siz "ovoz berish" tugmasini bosgan bo‘lsangiz, u yerda sizning telefon raqamingiz, uning kiritganingizdan so‘ng, telefon raqamingiga kelgan SMS’ni tasdiqlashingiz so‘raladi. Siz ushbu SMS’ni tasdiqlash orqali begona qurilmalarning akkauntingizga kirishiga ruxsat bergan bo‘lasiz”, deb ogohlantirmoqda IIV.