Get Mystery Box with random crypto!

​​​Ta‘lim inspeksiya tugatilishi va nodavlat oliygohlarga ehti | 𝘐𝘴𝘧𝘵 𝘉𝘭𝘰𝘨 🎓

​​​Ta‘lim inspeksiya tugatilishi va nodavlat oliygohlarga ehtimoliy ta‘siri haqida!

Prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 268-sonli farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vazifa va funksiyalari tegishlicha "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi" hamda "Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi" orasida taqsimlanmoqda.

Bu nodavlat (xususiy) oliygohlar faoliyati tugatiladi yoki diplomi o'z kuchini yo‘qotadi degani emas, deya
yozmoqda "nodavlattalim" kanali.

Faqat nazorat qiluvchi organ faoliyati tugatilib, vazifa va funksiyalari boshqa vazirliklarga tegishlicha taqsimlanmoqda;

Jumladan:

Maktab va maktabgacha nodavlat ta‘lim tashkilotlari faoliyatiga doir vakolatlar "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi";
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish va ularni tashkil etish faoliyatiga oid masalalar "Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi" tasarrufiga o'tkazilmoqda.

Yuqoridagi o‘zgarishlarning nodavlat oliygohlarga ehtimoliy ta‘siri quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

Nodavlat oliygohlarga litsenziya Oliy ta'lim vazirligi tomonidan berilishi;
Nodavlat oliygohlar bevosita Oliy ta‘lim vazirligiga to'liq bo'ysunishi;
Nodavlat oliygohlarda keng mashtabda islohotlar o'tkazilishi;
Nodavlat oliygohlarda ham kvota belgilanishi;
Nodavlat oliygohlarga o'qishni ko'chirish masalasi murakkablashishi mumkin.

@ISFT_BLOG