Get Mystery Box with random crypto!

Bojlar haqida fikrlar o’sha-o’sha. Barcha bojlarni nol qilish | Iqtisodchi Kundaligi

Bojlar haqida fikrlar o’sha-o’sha. Barcha bojlarni nol qilish uchun eng yaxshi fursat 32 yil oldin edi. Yana yaxshi fursat kecha edi. Undan keyingi eng yaxshi fursat bugun bo’ladi.

Bojlar doim va har yerda kambag’allashtiruvchi omil, hayriyatki, bunga jamiyatimizda va eng muhimi hokimiyatda konsensus mavjud bo’lmoqda. Bir foiz boj ham - noto’g’ri iqtisodiy taqsimlovga olib keladi. Barcha tovarlarga taaluqli bu masala. Istisnolarsiz.

https://t.me/the_bakiroo/6370

Endi davomiylik va vaqtinchalik haqida. Bu kanalda savdo siyosatidagi noaniqlik haqidagi tadqiqotlar haqida yozgan edim. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, savdo siyosatini noaniqligi, ya’ni “vaqtincha”lik choralar yaxshi narsa emas. Xulosa shuki, vaqtinchalik yaxshi choralarni, o’zgarmas va idealda esa, o’zgartirib bo’lmaydigan, ya’ni orqaga qaytmaydigan qilish kerak. Vaqtinchalik chora - bozorlar va logistika uchun yetarli kafolat bo’lmagani uchun, bozor to’liq ishonmaydi. Chunki agar har bir vaqt periodi ichida bojlar qayta ko’rilib chiqadigan bo’lsa - bojlarni ko’tarishga qiziqadigan tor doiradagi manfaatdorlar albatta ularni oshirish taradudida bo’ladilar, shuni oldini olish uchun, o’zgarmas choralar darkor. Aynan shuning uchun noaniqlik yomon. Aytmoqchi, Jahon Savdo Tashkilotini ham tuzilishi maqsadi va mazmuni aynan shunda edi. AQSh va Yevropadagi bojlar siyosatini qayta ko’rib chiqilishga yo’l qo’yilmaslik va choralarni davomiyligini ta’minlash.

Savdo siyosatidagi noaniqlik haqida: https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/420


JSTi tuzilishi haqida: https://www.gazeta.uz/ru/2018/04/02/tariffs/