Get Mystery Box with random crypto!

Qachondir Gitler Germaniyani dunyodagi eng muhim ilm fan maska | Iqtisodchi Kundaligi

Qachondir Gitler Germaniyani dunyodagi eng muhim ilm fan maskani maqomidan judo qilgan edi. Butun boshli kafedralar ko’chib ketgan, urushdan qariyb yuz yil o’tgan bo’lsa ham Germaniya universitetlari dunyodagi mutlaq birinchi o’rinlarga hali ham qaytib kelishmadi.

Rossiya ilm fanda dunyoda albatta eng katta maskan emas edi, lekin baribir juda kuchli yo’nalishlar bor edi. Mintaqada jiddiy o’ringa ega universitetlar va kafedralar bor edi.

Quyida Rossiyada ilm fan tugatilishi va olimlarni qochishi haqida maqola. Har bir olim - bu bir katta institut desak ham bo’ladi. Bu ketishda, Rossiya ilm maskani statusini ham yoʻqotib bo’ldi.

https://storage.googleapis.com/qurium/www.proekt.media/guide-uchenye-uezzhayut.html


Shu maqolani o’qib, o’sha eski fikrimga qaytyapman. Qani edi O’zbekiston shu olimlarni olib kela olganida. Ro’yxatdagilarni aksariyati Isroil, Yevropa va umuman g’arbga ketishibdi.

Shularni o’ndan birini ham olib kela olganimizda - tariximizdagi misli ko’rilmagan darajaga erisha olar edik. Haqiqatdan, biz uchun tarixiy imkoniyat edi. Balki hali ham…

Aytmoqchi, AQSh universitetlari Yevropa universitetlariga nisbatan faqat urushdan keyin kuchaygan. Ungacha hatto AQShlik jiddiy olimlar Germaniyada ilm qilar edilar. AQSh Gitlerni xatosidan juda zo’r foydalangan. Savollarsiz hammasini olib kelgan edi. Shu narsa AQShni va dunyo tarixini o’zgartirgan. Axir agar Germaniyalik olimlar kelmaganida, hozirgi AQShning ilmiy mavqeyini tassavur qilish qiyin.