Get Mystery Box with random crypto!

Bu distributsiyani nafaqat tepasida, balki oʻrtasida ham muhim | Iqtisodchi Kundaligi

Bu distributsiyani nafaqat tepasida, balki oʻrtasida ham muhim.
Masalan, AQShda katta korxona yoki bankda ishlaydigan tajribali xodim yiliga 500 ming dollar ishlaydi. Bu albatta katta pul. Lekin maʼno shundaki, mavqe uchun yetarli emas. Immigrant jamiyatlardagi “birinchi avlod muammosi” deb ham buni atashadi. Yaʼni moliyaviy barqarorlik, mavqe bilan kelmaydi. Albatta, qimmat avtomobil yoki yaxshi uy olishlari mumkin, lekin oʻsha odamlar kutganidek ijtimoiy mavqesi boʻlmaydi, chunki oʻsha jamiyatdagi shartli maktab direktori yoki yozuvchi (ahamiyat bering — doʻxtir emas) ancha yuqoriroq ijtimoiy mavqega ega.

Bu narsalar ozgina empirik ham tadqiq qilingan. Men shaxsan tanigan bir Afgʻon yigitini gapini eslayman — otasi shimoliy Virjiniyadagi eng qimmat uylardan birini sotib olgan ekan, lekin bu faktni faqat Afgʻonistonda muhim ekanini payqagan ekan. AQShda esa, bunday katta uyi borligi nafaqat maqtana olmas edi, balki uni kimdir bilib qolsa ham erish tuyular ekan. Aytmoqchi, aynan shuning uchun keyin Dubayga koʻchib ketmoqchi boʻldi.

Xulosa shundaki, mamlakat qanchalik rivojlangan boʻlsa, pulga mavqe sotib olish shunchalar qimmat.