Get Mystery Box with random crypto!

Sizni sevgim kelmaydi, biroq Sizni sevgim kelmaydi, biroq Kun | 🇺🇿 Iqtidor va Isteʼdod 🇹🇷

Sizni sevgim kelmaydi, biroq

Sizni sevgim kelmaydi, biroq
Kundan kunga sevaveraman.
Yuragimga kuchim yetmay, voh,
O‘zimga pand beraveraman.

Sizni sevgim kelmaydi, biroq
Hayolingiz tark etmas bir zum.
Tortiq qilib o‘zimga g‘am, oh,
O‘z jonimga jallodman o‘zim.

Sizni sevgim kelmaydi, biroq
Ko‘zlaringiz yenggan ko‘zimni.
O‘z so‘zimga solmasdan quloq,
Mudom o‘zim yeyman o‘zimni.

Sizni sevgim kelmaydi, biroq
Sizni sevish jonimga oro.
Sizni sevib topganim firoq,
Sizni sevish o‘zimga jazo.

Sizni sevgim kelmaydi, biroq
Sizni sevmay yashab bo‘lmaydi.
Asli izhori yo‘q sevgilar
Dilda mangu yashar, o‘lmaydi.

Ozoda HABIBULLAYEVA
01.2021


t.me/ozodahabibullayeva