Get Mystery Box with random crypto!

ALLOH HAM ZO'RLAYDIMI? Agar Alloh istasa edi, azon o'qilganda | iqra.svnc

ALLOH HAM ZO'RLAYDIMI?

Agar Alloh istasa edi, azon o'qilganda namozga turmaganning nafasini to'xtatib qo'ymasmidi?
Agar Alloh istasa edi, ramazonda oshqozonlarni bog'lab qo'ymasmidi?

Agar istasa edi, hajga bormaganning oyog'ini shol qilib qo'ymasmidi?

Agar Alloh istasa edi, zakot bermaganning pullarini yo'q qilib qo'ymasmidi?

Alloh faqat amr qiladi, majbur qilmaydi.
Alloh jalla jalolohu tavsiya qiladi.
Sevaman deb tashviq qiladi. Yondiraman deb tahdid qiladi. Itoat qiling, jannatimga kiring, deya ilhom beradi. O'qimasang dunyo va oxirating barbod bo'ladi deya ogoh qiladi. Jannatning ichini tasvirlab havaslantiradi. Jahannam ichini tasvirlab hurkitadi. O'tmish qavmlardan o'rnak berib, ibrat olishimizni istaydi. Gunohlardan afv qilib, yangi imkonlar beradi. Qabrlar haqida so'z ochib uyg'otib qo'yadi.

“Bolalar jahannamda yonmaydi” kitobidan iqtibos