Get Mystery Box with random crypto!

Kontragentlarni tanlash chog‘ida soliq organlarida mavjud bo‘ | Invoice yangiliklari

Kontragentlarni tanlash chog‘ida soliq organlarida mavjud bo‘lgan maʼlumotlarni qo‘shimcha ravishda berish maqsadida, EHFda yetkazib beruvchi va xaridor rekvizitlarining tagida ularning soliq uzilishlari koeffitsiyenti (0,00 dan 1,00 gacha) to‘g‘risidagi maʼlumotlar beriladi.

Bunda, koeffitsiyentlar:

0,00 dan 0,20 gacha bo‘lganda “yashil” rangda (rgba: 143,212,70,.7);
0,21 dan 0,40 gacha bo‘lganda “apelsin” rangda (rgba: 253,164,1,.7);
0,41 dan 0,60 gacha bo‘lganda “och qizil” rangda (rgba: 239,69,68,.7);
0,61 dan 1,0 gacha bo‘lganda “to‘q qizil” rangda (rgba: 138,1,1,.7) aks ettiriladi.

Soliq uzilishi bu budjetga QQS to‘lamagan yoki o‘zaro operatsiyalarini EHFda aks ettirmagan yoxud soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etmagan kontragentlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan ushbu kontragentlardan olingan EHFlar asosida hisobga olinadigan QQS summalarini o‘zining soliq hisobotida aks ettirish tushuniladi.