Get Mystery Box with random crypto!

Elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha yangi imkoniyatlar. E | Invoice yangiliklari

Elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha yangi imkoniyatlar.

Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) tizimi yashirin iqtisodiyotning oldini olishda eng faol tizimlardan biriga aylanib ulgurdi. Mazkur tizim realizatsiya qilinayotgan tovarlar real hajmini to‘laqonli nazorat qilish, iqtisodiy jarayonlarni onlayn kuzatish, tahlil qilishga zamin yaratmoqda.
Tizim, o‘z navbatida, buxgalteriya hisobining birlamchi hujjatlari va soliq hisobotlarini tayyorlash jarayonini ham soddalashtirib tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay imkoniyatlar taqdim etmoqda.
https://invoice.uzasbo.uz/ axborot tizimida qilingan eng oxirgi qo‘shimcha va o‘zgarishlar

1. Asosiy oynada korxona holati – aylanmadan olinadigan soliq (AOS) yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi ekanligi aks ettiriladi.
Bunda QQS guvohnomasi faol yoki nofaolligi, shuningdek bekor qilinganligi ko‘rsatiladi. Kontragentlar holati haqidagi xuddi shu kabi maʼlumotlar ham ko‘rinib turadi. Ushbu imkoniyat tashkilotning EHF ni yaratish jarayonida ham aks ettiriladi shu bilan birgalikda xaridorning ham joriy holati aks ettirib turiladi.

2. Bosh sahifada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) QQSsiz realizatsiya qilinadigan tovarlar;
2) “0 stavka”da realizatsiya qilinadigan tovar va xizmatlar;
3) Imtiyoz bilan sotish huquqiga ega korxonalar;
4) “0 stavka”da xarid qilish huquqiga ega korxonalar.

3. Tovar uchun identifikatsiya kod (MXIK) tanlanganda bozorning barcha ishtirokchilari uchun mahsulot nomi bir xil bo‘lishi taʼminlandi. Yaʼni tovar nomi o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, MXIKka mos o‘lchov birligini massiv sifatida tanlash imkoni ham yaratildi. Yaʼni tovar hajmini, masalan, og‘irligini gramm, kilogramm yoki tonnada aniq ko‘rsatish mumkin.
EHF rasmiylashtirishda soliq stavkasi va imtiyozlari tegishli ustunlarda (satr) avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi “Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 483-sonli qarori asosan
tovar-transport yukxatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish orqali elektron hisob-fakturalarni avtomatik ravishda shakllantirish tizimi yaratildi.
5. Excel orqali fayllar yuklash tezligi hamda ommaviy tarzda fayllarni ERI kaliti orqali imzolab jo’natish tezligi karrasiga oshirildi. Endilikda 1000 birlikdagi EHFlarni bemalol 1.5-2 daqiqa ichida imzolab jo’natish imkoniyati mavjud. Bunda har bir Tovar yoki ish xizmatning MXIK kodi bilan mos kelishi kerakligi hamda Rouming operatoriga uzatilayotgan tovar pozisiyalari bo’yicha ma’lumotlar alohida algoritm orqali ishlab chiqildi. Fayllar importida yuborilmay qolgan fayllar protokolini (fayllar logini) ko’rish imkoniyati yaratildi.