Get Mystery Box with random crypto!

'Qimorbozning xatosi' nima? Qimorbozning xatosi, shuningdek, | Investitsiya_uz|NYSE Amerika fond birjasi

"Qimorbozning xatosi" nima?

Qimorbozning xatosi, shuningdek, Monte-Karlo xatosi ham deyiladi, bu insonlarning psixologiyasi bilan bog'liq bo'lgan hodisa bo'lib, biror bir shaxsning ma'lum bir chegaralangan ehtimollikga ega hodisaning, bir necha marta takrorlasa, undan keladigan natija bir xil bo'lishini rad etishii, ya'ni keyingi bo'ladigan teskari natijaning ehtimolligini yuqori deb hisoblashiga aytiladi.

Bunday hodisa bo'lishining asosiy sababi odamlar qaror qabul qilayotganda ko'pincha ketma-ketlikka e'tibor beradi va ko'p hollarda ehtimollik nazariyasi va Random Walk Theory-ni inobatga olishmaydi. Bundan tashqari odamlarning xulq-atvori kichik hodisalardan hayratlanarli natijalar ro'y berishiga ishonishlaridir, xuddi 1 dollarlik lottoreya chiptasidan 1 million dollar yutishga ishonib lottoreya o'ynashganlaridek.

Masalan, bilamizki tanganing ikki tomoni bor, raqamli va suratli. Bu degani tanga tashlanganda 50% ehtimollik bilan raqamli tomonga va 50% ehtimollik bilan suratli tomonga tushishi mumkinligini ko'rsatadi. Demak, biz tangani tashlasak 50% ehtimollik bilan raqamli tomoni yoki 50% ehtimollik bilan suratli tomoni tushadi, ya'ni ikkalasidan birining tushishi aniq va ehtimolliklar teng. Agar birinchi marotiba tanga tashlansa va raqamli tomoni tushsa, ikkinchi (uchinchi, to'rtinchi .... n-inchi) marta tashlanganda yana ikkala hodisaning ehtimolligi teng bo'ladi. Bu yerda qimorbozning xatosi, agar tanga ikki marta tashlanganda ham raqamli tomoni tushsa, demak keyingi marotiba tashlanganda katta ehtimollik bilan suratli tomoni tushadi deb o'ylaydi.