Get Mystery Box with random crypto!

​​Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda eng | Invest in Tashkent Region

​​Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda eng asosiy drayverlardan biri boʻlgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shunga asosan Toshkent viloyatida bugungi kunda 212,0 gektar (foydali er maydoni 180,0 gektar) er maydonida 19 ta tuman (shahar) larda 47 ta kichik sanoat zonalari faoliyat olib bormoqda.

Viloyatda jami 122,8 gektar er maydoniga 224 ta loyihalar joylashtirilishi xisobiga 2,1 trln. soʻmlik investitsiya oʻzlashtirildi va 7504 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5155-son qarori asosida Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani, Saidovul qishlogʻi hududidagi 25 gektar er maydonida klaster usulida "Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zona"si tashkil etildi.
- Toshkent viloyatida tashkil etilgan mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi mebel sohasida muhim oʻrinni egallaydi va bu sohada ishlaydigan duradgorlar, mebelsozlar, lakchilar va qoplamachilarning mahsulotlari ishlab chiqariladi.

2022 yilda viloyatning chekka hududlarida bosqichma bosqich KSZlar tashkil etilib boriladi. Jumladan viloyatning 53 gektar er maydonlari negzida 6 ta kichik sanoat zonalar tashkil etish hisobiga umumiy qiymati 657,6 mlrd. soʻmlik 54 ta investitsiya loyihalar joylashtirilishi hamda 3458 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Loyhalar amalga oshirilishi natijasida mahallalarda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”dagi fuqarolarga muqum yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Erkin iqtisodiyot zona
Kichik sanoat zona