Get Mystery Box with random crypto!

Yashash mobaynimda boylik va qudratning nimaga sarf qilinishi | ヽ༼Islomiyຈل͜ຈRuhiyat༽ノ

Yashash mobaynimda boylik va qudratning nimaga sarf qilinishi borasida tugal hikmatga ega boʻlayotgandekman. Boylik ham, qudrat ham Allohning bandaga bergan rizqi. Banda boylikni qiynalganlarga yordam berishga va qudratni zulm koʻrayotganlar uchun adolat oʻrnatishga sarf qilishi eng toʻgʻri tasarruf hamda Robbga maqbul ish deb bildim. Boylik komfortta yashashga intilishga, kuch faqat oʻz manfaatlari uchun ishlatib yurishga berilmagan. Moʻminman degan banda uchun bu ikki rizqning tasarrufi bunday boʻlmasligi lozim. Sababi, moʻmin bu dunyoni imtihon deb e’tiqod qiladi, komfortlikni esa jannatda kutadi. Agar hayotingizdagi sizga berilgan boylikni atrofingizda qiynalayotganlar boʻla turib oʻz komfortingiz uchun sarflayotgan boʻlsangiz, kuch-qudratingiz boʻla turib chorasizlarga koʻmak bermay faqat oʻzingizning foydangizga ishlatayotgan boʻlsangiz, siz dunyo odamisiz xolos. Moʻminlik missiyasi boshqa, moʻminlik da’vosi boshqa. Bularning farqini amal aniqlaydi xolos.

Odamlarga yaxshilik qilib yashang, garchi ular qaytara olmasliklarini bilsangiz ham. Bir tomon musibatga solinadi va sabri sinaladi. Ikkinchi tomon yordam berish yo bermasligi bilan imtihon qilinadi. Asosiysi ikki vaziyatda ham asliyatni saqlab qolish eng muhim vazifamiz boʻladi. Alloh mana shu qattiq imtihonlardan sogʻlom oʻtib olishimizni nasib etsin!
Umar halil
Assalomu alaykum va rahmattullohu va barokatuhu kuningiz hayrli va barokatli bo'lsin ilohm!!