Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahar Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar | Тошкент шаҳридаги алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган болалар учун ихтисослаштирилган 106-сонли мактаб-интернат

Toshkent shahar Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yanvar- tabiiy fanlar oyligi" doirasida biologiya fani o‘qituvchisi N.Rasulova tomonidan "Sun'iy ekosistemalar" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars jarayoni elektron doskadan foydalanilgan holda olib borildi. Mavzuning asosiy qismi bolalarga amaliy jihatdan ko‘rsatib berilgani dars jarayonining yanada qiziqarli bo‘lishini ta'minladi. O‘quvchilar o‘tkazilgan ochiq darsdan o‘zlariga kerakli ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.