Get Mystery Box with random crypto!

Тошкент шаҳридаги алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган болалар учун ихтисослаштирилган 106-сонли мактаб-интернат

Telegram kanalining logotibi internat106 — Тошкент шаҳридаги алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган болалар учун ихтисослаштирилган 106-сонли мактаб-интернат Т
Telegram kanalining logotibi internat106 — Тошкент шаҳридаги алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган болалар учун ихтисослаштирилган 106-сонли мактаб-интернат
Kanal manzili: @internat106
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 665
Kanalning ta’rifi

Тошкент шаҳри, Олмазор тумани, Мухбир 32 «а» уй. тел: 998712296126. 998909491282

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2021-02-01 15:48:44
Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati chizmachilik fani o‘qituvchisi G.O‘razbayeva o‘quvchilarga chizmachilik sirlarini mukammal tarzda egallashlarida o‘z hissasini qo‘shmoqda.
229 viewsXalimjon Abdusamadovich, 12:48
Ochish/sharhlash
2021-02-01 14:56:00
106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internаtining ma'muriyati va pedagoglari 5ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida 102- maktab-internati o‘qituvchi, tarbiyachilari bilan sportning futbol yo‘nalishi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdilar. Musobaqa qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi va do‘stlik g‘alaba qozondi.
240 viewsXalimjon Abdusamadovich, 11:56
Ochish/sharhlash
2021-01-31 20:06:34
Олмазор туманида 106-сонли зайиф эшитувчи болалар мактаб интернати фаолият олиб боради. Унда 500 га яқин ўқувчи тарбияланади.

Интернатнинг юқори синф ўқувчиларини касбга йўналтириш, уларда фото видео тасвирлар олишга қизиқиш уйғотиш мақсадида Олмазор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати ходимлари томонидан маҳорат дарслари ташкил этилди. Унда ўқувчиларга матбуот хизматининг малакали мутахассислари видео тасвирга олиш ва фото, видео монтаж жараёнларини ўргатишди.

Видео лавҳамиз шу ҳақида

Олмазор тумани ҳокимлиги
Матбуот хизмати
Facebook | Instagram | Telegram |Youtube
131 viewsАъзам, 17:06
Ochish/sharhlash
2021-01-30 18:50:02
Toshkent shahar Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yanvar- tabiiy fanlar oyligi" doirasida biologiya fani o‘qituvchisi N.Rasulova tomonidan "Sun'iy ekosistemalar" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars jarayoni elektron doskadan foydalanilgan holda olib borildi. Mavzuning asosiy qismi bolalarga amaliy jihatdan ko‘rsatib berilgani dars jarayonining yanada qiziqarli bo‘lishini ta'minladi. O‘quvchilar o‘tkazilgan ochiq darsdan o‘zlariga kerakli ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
329 viewsXalimjon Abdusamadovich, 15:50
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:50:26
O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazining “Inklyuziv laboratoriyasi” mudiri p.f.n.dots. U.Fayziyeva, Toshkent shahridagi 106 sonli zaif eshituvchilar maktab internati surdopedagog o`qituvchisi S.Yuldasheva va Toshkent Davlat pedagogika univarsiteti talabasi Y.Karimovalar tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlaydigan surdopedagoglar, logopedlar, shu yo`nalishda ta’lim olayotgan talabalar va keng jamoatchilikka mo`ljallangan “Ko`ring, eshiting, chiroyli gapiring” o`quv qo`llanmasi yaratildi.

Batafsil ma’lumot uchun:
T: t.me/tashxismarkazi
T: t.me/hayotgaqoshil
T: t.me/tashxismarkazi_maxsus
F: facebook.com/tashxismarkazi
162 views106 internat Malohat Muxamedova, 15:50
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:42:39
Toshkent shahar Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yanvar- tabiiy fanlar oyligi" yakuni munosabati bilan biologiya fani o‘qituvchisi F.Sharapova tashabbusi bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktab-internatning bilimdon, pazanda va chaqqon qizlari turli shartlar bo’yicha bellashdilar. Qizlarning chiqishlar hakamlar hay'ati tomonidan baholandi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r, raqs va sahna ko’rinishlari barchaga birdek manzur bo’ldi.
320 viewsXalimjon Abdusamadovich, 15:42
Ochish/sharhlash
2021-01-29 15:51:12 102- va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarda yordamchi uskunalar o‘rnatildi.

Bu ishlar Zamin fondining "Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish" dasturi doirasida amalga oshirildi.

Eshitish qobiliyatining butunlay yoki qisman yo‘qolishi o‘quvchilarni muhim ma'lumot manbaidan mahrum qiladi va ularning intellektual rivojlanishini cheklaydi. O‘rnatilgan uskunalar esa ta'lim sifatini oshirib, jamiyatga moslashish yo'lida rivojlanishga yordam beradi.

Guruh mashg‘ulotlari uchun audosinflar, individual mashg‘ulotlar uchun nutq mashqi uskunalari, diagnostika uchun audiometrlar tayyorlandi, majlislar zalida esa o‘quv jarayonida foydalanish uchun statsionar induksion ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatildi.

———

В специализированных школах №102 и №106 было установлено ассистивное оборудование.

Сделано это было в рамках программы фонда Zamin «Развитие образования для детей с нарушением слуха».

Частичная или полная потеря слуха лишает учеников важного источника информации и ограничивает процесс его интеллектуального развития. Но такое оборудование позволяет качественно обучаться и развиваться для интеграции в общество.

Были подготовлены аудиоклассы для групповых уроков, речевые тренажеры для индивидуальных занятий, аудиометры для диагностики, а в актовом зале для использования в образовательном процессе установлены стационарные индукционные усилители звука.
157 viewsАъзам, 12:51
Ochish/sharhlash
2021-01-29 15:51:07
151 viewsАъзам, 12:51
Ochish/sharhlash
2021-01-29 14:00:25
Toshkent shahar Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yanvar- tabiiy fanlar oyligi" doirasida kimyo fani o‘qituvchisi A.Komilov tomonidan "Organik va noorganik birikmalari nazariyasi" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars elektron doskadan foydalanilgan holda bo‘lib o‘tdi. Amaliy jihatdan qilib ko‘rsatilgan kimyoviy jarayonlar dars jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishini ta'minladi. Ochiq dars barchaga birdek manzur bo‘ldi.
338 viewsXalimjon Abdusamadovich, 11:00
Ochish/sharhlash
2021-01-28 16:34:47
Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yuqori sinf tarbiyachilari metod birlashmasi tomonidan "'Kim epchil, kim chaqqon" deb nomlangan ko‘rik tanlovi tashkil etdilar. Bir-biridan qiziqarli tarzda tashkil etilgan shartlarda o‘quvchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.
426 viewsXalimjon Abdusamadovich, edited  13:34
Ochish/sharhlash