Get Mystery Box with random crypto!

Paygʻambarimiz alayhissalom onalarimizga muhabbatlarini bildir | Habibatiy

Paygʻambarimiz alayhissalom onalarimizga muhabbatlarini bildirish uchun yana qanday uslublardan foydalanardilar?

Masalan, ayollari suv ichgan idishning aynan u ogʻzini qoʻygan joyidan ichardilar. Bu bilan nima demoqchilar? "Seni shunchalar yaxshi koʻramanki, lablaring tekkan joyga lablarimni tekkizish ham menga huzur beradi". Imo-ishoralar so‘zlashuvdan ko‘ra ko‘proq ma’nolarni ifodalashi bor gap.

Ayollari yeyotgan nonni qo‘lidan olib, u tishlagan joydan tishlardilar. Shu yerda takror eslatib oʻtaman. Payg‘ambarimiz alayhissalom nafslariga ko‘ra biror ish qilmasdilar. Barcha qaror va harakatlari Alloh taoloning amri bilan bo‘lardi.

Haq taolo oilamizda nima qilsak saodat, xotirjamlik hukm surishini Paygʻambarimiz alayhissalom vositalarida bildirgan. Biz ojiz bandalariga har lahza va har masalada gʻamxoʻrlik qilgan Rabbimizga behisob shukrlar boʻlsin!

Ug'ur Qo'shar
@nega_ozgardim