Get Mystery Box with random crypto!

Kitobni qisqa vaqt ichida tez va to'liq tushunib o'qimoqchisa | Inson omili

Kitobni qisqa vaqt ichida tez va to'liq tushunib o'qimoqchisan. Lekin sen 1 yilda kuniga 100 betdan kitob o'qigan taqdiringda ham, tezkor kitobxonga aylanib qolmaysan. Sen normal kitobxon bo'lib qolaverasan. Tezlikni oshirish uchun maxsus usullarni qo'llagan tarzda o'qishing kerak bo'ladi.

Umuman olganda har qanday ish bilan uzoq vaqt shug'ullansang ham tanqidiy-tahliliy faoliyat olib bormasang qilgan mehnating bir tiyin bo'lib qolaveradi.

1000 bet kitob o'qib keyin uni qaytib eslamasang, tahlil qilmasang, hayotingda ishlatishga urinmasang, xulosalar chiqarmasang, shunchaki vaqtingni zoe ketgan bo'ladi.

Masalan men Readingda kuniga 2 tadan qilib tahlilsiz qilgandan ko'ra haftasiga 1 marta qilsam ham to'liq tahlil bilan qilganda ko'proq natijaga erishishimni kuzatganman.

@INSON_OMILI