Get Mystery Box with random crypto!

MAQSADGA INTILISH Odatda biz katta maqsad qo'yib, orzularga b | Inson omili

MAQSADGA INTILISH

Odatda biz katta maqsad qo'yib, orzularga berilib yuramiz. Masalan, men o'qishga kirish imtixonida maksimal ball olaman, IELTS dan 8 ball olaman, dunyodagi eng boy, sohamning eng kuchlisi bo'laman, ota-onamni boshimda ko'tarib yuraman deymiz. Lekin harakat 0 ga teng bo'ladi.

Yaxshisi orzularga berilmasdan tog'ri sistema qo'yib olishimiz zarur. Unga eltuvchi yo'llarni to'g'ri tanlab olib, doimiy bajarishimiz kerak. Natija bo'lmayaptimi, o'zingizni ojiz his qilmang, shunchaki sistemani to'g'ri tuzib olishingiz kerak bo'ladi. Masalan, siz abituriyentsiz. Siz biologiyadan bir yilda 30ta ishlashni maqsad qildingiz. Bunga ko'ra kuniga 30 betdan kitob o'qishni niyat qildingiz. Shu paytgacha bu fandan xabari bo'lmagan yoki uzog'i bilan 3-4 bet o'qib o'rgangan har qanday inson uchun bu imkonsiz. Siz uzog'i bilan 2-3 kun bu bosimda ishlashingiz mumkin, lekin u yog'iga miyangiz bu bosimni ko'tara olmaydi. Buni huddi 1-marta zalga borib 50kg li toshdan boshlaganga qiyoslash mumkin. Bu noto'gri sistema tuzilganidan dalolat. Siz miyangizni asta sekinlik bilan mashq qildirib boring. Dastlab 1 betdan, ammo sifatli va muntazam o'qib boring, keyingi haftadan kuniga 2 bet o'qishingiz mumkin, shu tarzda bemalol kuniga 100 betlab ilmiy kitob o'qishingiz mumkin bo'ladi.

Aytgancha bizni miyamiz shunday tuzilganki, mayda yutuqlarga erishganimizda, o'zimizdan qoniqish hissi paydo bo'ladi, natijada mashq qilishni to'xtatib qo'yamiz, vaqt o'tishi bilan yana eski holimizga qaytamiz. O'zingizni yenging! Eng katta marrani egallamaguningizgacha hech qachon chekinmang!

@INSON_OMILI