Get Mystery Box with random crypto!

Ayoling ko’zingga chiroyli ko’rinishi uchun nima qilish kerak? | Insaf.Aliev Blog

Ayoling ko’zingga chiroyli ko’rinishi uchun nima qilish kerak?

Javobi juda sodda. Shunchaki boshqalarga qarama. Nazaringni asra. To’g’ri tushun chiroy nisbiy tushuncha. Atrofga qarganing sari hamma narsaning boshqa chiroylirog’i ko’rinaveradi. Shu jumladan ayollarni ham.

Sandan ham chiroylilar to’lib yotibdi. Buni ham tan olishga majbursan. Ko’zingga faqat haloling ko’rinsa tabiiyki undan chiroylisi yo’q deb o’ylaysan va bu eng yaxshi yo’l.

Bechora o’z oilasi uchun ertalabdan kechgacha tinim bilmasa. Oshxonadan chiqmasa. San uchun ham o’ziga qarashga, shaxsiy rivojlanishga vaqti bo’lmasa qanday chiroyli ko’rinsin?

“Ey ikki quloqli” ahling Allohning omonati. Unga bo’lgan munosabatda sani Allohga bo’lgan asl munosabating gavdalanadi. Nazarni asrash omonatga xiyonat qilmaslikning eng birinchi bosqichi bo’lsa kerak)

@Insaf_Aliev_Blog