Get Mystery Box with random crypto!

Foydali grammatika Gerund (davomi) GERUNDNING PREDLOGSI | Ingilis tili

Foydali grammatika

Gerund (davomi)


GERUNDNING PREDLOGSIZ ISHLATILISHI

1. Predlogsiz gerund ko‘pincha fe’l-kesim tarkibida keladi:
The manager has finished dictating a letter to the secretary. 
— Menejer kotibaga xatni aytib turishni tugatdi. 

We have put off chartering a boat  
until the director returns from England. 
— Biz kema yollashni direktor Angliyadan qaytib kelmaguncha kechiktirdik. 

I can’t help telling you about it. 
— Men sizga bu haqda aytmasdan  
turolmayman. 

I enjoy listening to music. 
— Men musiqa tinglaganimda rohatlanaman. 


Gerund bilan birikib fe’l-kesim bo‘lib keladigan ba’zi fe’llar: 
to finish — tamomlamoq 
to avoid — qochmoq 
to stop, to give up, to leave off  
— to‘xtatmoq, tashlamoq 
to need, to require, to want — kerak bo‘lmoq 
to keep, to keep on, to go on — davom ettirmoq 
to enjoy — rohatlanmoq, yoqtirmoq 
to put off, to postpone, to delay  
— kechiktirmoq, orqaga surmoq 
I can’t help — -masdan tura olmayman 


Gerund worth arzirli va busy band sifatlari bilan ham fe’l kesim bo‘lib keladi: 
These goods are worth buying. 
— Bu mollarni sotib olsa arziydi. 

When I entered the room, he was busy translating an article. 
— Men xonaga kirganimda, u maqola  
tarjima qilish bilan band edi. 


Izoh: need, to want, to require fe’llaridan keyin va worth sifatidan keyin Passive Gerund o‘rnida Active Gerund ishlatiladi. 

OLDIDAN OT YOKI OLMOSH KELGAN GERUND 

1. Gerund ifodalagan ish-harakat gapning egasiga yoki to‘ldiruvchiga qarashli bo‘lishi mumkin: 
They began speaking (speaking ifodalagan ish-harakati they egaga tegishli). 
— Ular gaplasha boshladilar. 

I am obliged to you for helping me (helping ifodalagan ish-harakati you to‘ldiruvchiga tegishli). 
— Yordam berganingiz uchun men  
sizdan minnatdorman. 


2. Gerund ifodalagan ish-harakat ega yoki to‘ldiruvchi bo‘lmagan shaxs yoki buyumga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Bu holda o‘sha shaxs yoki buyum qaratqich kelishigidagi ot yoki egalik olmoshi bilan ifodalanadi: 
The agent informed the firm of the buyer’s having insured the cargo. 
— Agent firmaga xaridor mollarni  
sug‘urta qilganligini xabar qildi. 

We insisted on their delivering the goods immediately. 
— Biz ulardan mollarni zudlik bilan yetkazib berishlarini talab qildik. 


3. Agar gerund qarashli bo‘lgan ot jonsiz bo‘lsa, u ot bosh kelishikda  
ishlatiladi, chunki jonsiz otlar qaratqich kelishigida ishlatilmaydi: 
We insisted on the contract being signed immediately. 
— Biz shartnomaning zudlik bilan imzolanishini talab qildik. 

He objected to the ships leaving the port in such stormy weather. 
— U kemalarning bunday bo‘ronli  
havoda portni tark etishiga e’tiroz  
bildirdi. 


4. Bosh kelishikdagi jonsiz otlar o‘rnida birlikda its, ko‘plikda their egalik olmoshlari ishlatiladi: 
We insisted on its (the contract) being signed immediately. 

He objected to their (the ships) leaving the port in such stormy  
weather. 


@IELTS_LEARN_ENGLISH