Get Mystery Box with random crypto!

​​Foydali grammatika Gerund Gerund – bu fe’lning shaxssi | Ingilis tili

​​Foydali grammatika

Gerund

Gerund – bu fe’lning shaxssiz shakli hisoblanadi. Gerund infinitiv shaklidagi fe’lga “-ing” qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi.

Masalan:
• Infinitiv fe'l: Read — o‘qimoq
• Gerund: Reading — o‘qish

Ingliz tilida gerund shaklida bo’lgan fe’l o’zbek tiliga “-ish” yoki “-ash” qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday holatda fe’lning otlik xususiyati kuchliroq bo’ladi.
Masalan: Reading is useful – O’qish foydalidir.

Gerund quyidagi hollarda ishlatiladi:
• Maxsus fe’llardan keyin;
• Predloglardan keyin (on, at, of, in, about va h.k.);
• Egalik olmoshlaridan keyin.

Gerundning gaplarda ishlatilishiga quyidagi misollarni ko’rib chiqamiz. Bu gaplarda yuqoridagi Gerund ishlatilishining uchta holatiga e’tibor bering:
• I can’t afford buying a car – Mening mashina sotib olishga qurbim yetmaydi (afford – o’zidan keyin gerund keladigan maxsus fe’llardan biri);
Timur is interested in playing computer games – Timur kompyuter o’yinlari o’ynashga qiziqadi (in predlogidan keyin gerund ishlatilgan);
I like his singing – Menga uning kuylashi yoqadi (his – egalik olmoshi).

Gerund fe’lning fe’llik va otlik xususiyatiga ega bo‘lgan shaklidir.
Gerundda infinitivga qaraganda otlik xususiyati ko‘proq. O‘zbek tilida gerundga harakat nomi to‘g‘ri keladi.

Gerund otlik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun gapda otga o‘xshab quyidagi vazifalarda keladi:

1) ega bo‘lib keladi:
Reading is her favouraite occupation.
- O‘qish — uning sevimli mashg‘uloti.


2) ot-kesim tarkibida keladi:
Her greatest pleasure is reading.
- Uning eng sevimli mashg‘uloti — o‘qish.

3) fe’l kesim tarkibida keladi:
He finished reading the newspaper.
- U gazetani o‘qishni tugatdi.


4) vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib keladi:
I remember reading the book.
- Men kitobni o‘qiganimni eslayman.


5) predlogli vositali to‘ldiruvchi bo‘lib keladi:
I am fond of reading.
- Men o‘qishni yaxshi ko‘raman.


6) aniqlovchi bo‘lib keladi:
I had the pleasure of reading in the newspaper of your success.
- Men sizning muvaffaqiyatingiz haqida gazetada o‘qib rohatlandim.

7) hol bo‘lib keladi:
After reading the letter I put it into the drawer.
- Men xatni o‘qiganimdan keyin uni g‘aladonga solib qo‘ydim.


@IELTS_LEARN_ENGLISH