Get Mystery Box with random crypto!

Foydali grammatika ING qo’shimchasining turli holatlarda is | Ingilis tili

Foydali grammatika

ING qo’shimchasining turli holatlarda ishlatilishi (2-qism)


O’zidan keyin ING qo’shimchasini oladigan fe’llar ko’p. Mana ulardan eng ko’p uchraydiganlari.

I admit telling her. – Men unga aytganligimni tan olaman.

I appreciate having the raise. – Men pul yig’ilganidan xursandman.

I avoid speaking to him. – Men u bilan gaplashishdan qochaman.

I consider blowing your nose in public to be wrong. – Men hammaning oldida burun tozalashni noto’g’ri, deb bilaman.

I delayed coming until the last possible moment. – Men kelishni imkon qadar kechiktirdim.

He denied telling her. – U unga aytganligini inkor etdi.

I enjoy dancing. – Men raqs tushishdan rohatlanaman.

I feel like having a party. – Men bazm uyushtirishni xohlayman.

I’ve finished writing the report. – Men hisobotni yozishni tugatdim.

I’ve given up going to the gym. – Men sport zalga borishni tashladim.

I can’t help thinking about it. – Men uni o’ylamasdan tura olmayapman.

I can’t imagine ever leaving this company. – Men bu kompaniyadan ketishni hech tasavvur qila olmayman.

I don’t mind doing that. – Men buni qilishga qarshi emasman.

He put off talking to her as long as he could. – U imkon boricha bu bilan gaplashishni kechiktirdi.

I can’t stand drinking beer. – Men pivo ichishni yomon ko’raman.


Ba’zi fe’llar TO infinitiv yoki ING qo’shimchasi qo’shilgan fe’l bilan bir xil ishlatilishi mumkin. Ammo ularning ma’nolarida katta farq bo’ladi.
Mana eng ko’p uchraydigan shunday holatlar:

I stopped smoking last month. – Men o’tgan oy chekishni to’xtatdim (Men endi chekmayman)

I stopped to smoke a cigarette. – Men sigaret chekish uchun to’xtadim (to’xtashdan maqasadim sigaret chekish edi)

I remember telling him. – Men unga aytganligimni eslayman (o’tmishni eslash)

I must remember to tell him. – Men unga aytishni esda saqlashim kerak (kelasi zamonda bajarish uchun eslash)

I’m interested in finding out more details. – Men ko’proq ma’lumot topishni xohlayman (kelajakda topishni)

I was interested to read his report. – Men uning hisobotini o’qishni xohladim (o’tgan zamonda xohlagan edim)

Ba’zi fe’llar esa infinitiv bilan ham, -ing qo’shimchasi bor fe’llar bilan ham bir xil ishlatilishi mumkin. Bunda ma’noda ham hech qanday o’zgarish bo’lmaydi. Mana shunday holatlar:

I love to go shopping. – Men harid qilishni yoqtiraman.

I love going shopping. – Men harid qilishni yoqtiraman.

I’m afraid to fly. – Men uchishdan qo’rqaman.

I’m afraid of flying. – Men uchishdan qo’rqaman.

I started to learn English 5 years ago. – Men 5 yil oldin ingliz tilini o’rganishni boshlagan edim.

I started learning English 5 years ago. – Men 5 yil oldin ingliz tilini o’rganishni boshlagan edim.


@IELTS_LEARN_ENGLISH