Get Mystery Box with random crypto!

Foydali grammatika ING qo’shimchasining turli holatlarda is | Ingilis tili

Foydali grammatika

ING qo’shimchasining turli holatlarda ishlatilishi

“-ing” qo’shimchasi ot, sifat yoki fe’l sifatida ishlatilishi mumkin.

Smoking is forbidden. – Chekish ta’qiqlanadi (fe’l).

I have a long working day. – Mening ish kunim uzun (sifat).

I don’t like dancing. – Men raqsga tushishni yoqtirmayman (ot).

Qo’shimcha ot sifatida ishlatilganda, otdan oldin artikl ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin.

Marketing is a very inexact science. – Marketing juda noaniq fan.

The marketing of the product will continue for a few months yet. – Mahsulotni ommalashtirish hali bir necha oylar davom etadi.


Qo’shimcha iboraning bir qismi sifatida ishlatilishi ham mumkin.

Speaking to an audience is always stressful. – Omma oldida gapirish har doim hayajonli.

Swimming after work is very relaxing. – Ishdan so’ng suzish juda yoqimli.

Rasmiy ingliz tilida egalik olmoshidan keyin “-ing” qo’shimchali fe’l ishlatiladi. Norasmiy ingliz tilida esa ko’pchilik bu qoidaga amal qilmaydi.

I’m angry about his missing the meeting. – Men uning majlisga kelmaganidan hafaman.

Do you mind my coming? – Mening kelishimga qarshi emasmisiz?


Qo’shimchali fe’l sifat o’rnida kelganda otdan oldin ishlatilishi mumkin.

I was met by a welcoming party at the airport. – Men aeroportda bazm bilan kutib olindim.

Let’s go to the meeting room. – Keling, majlislar xonasiga boramiz.

ING qo’shimchasi qo’shilgan fe’l predloglardan keyin ishlatiladi.

Before leaving, you need to speak to Sarah. – Ketishingizdan avval Siz Sara bilan gaplashishingiz kerak.

After discussing it with her, I’ve changed my mind. – U bilan muhokama qilganimdan so’ng men fikrimni o’zgartirdim.

Instead of feeling sorry for yourself, do some work for charity. – O’zingga achinishdan ko’ra bir oz hayriya qil.


Agar “to” yuklama emas, predlog sifatida ishlatilsa, undan keyin fe’l ING qo’shimchasi bilan birga ishlatiladi.

I don’t object to working this Sunday. – Men bu yakshanba ishlashga qarshi emasman.

I’m looking forward to seeing him again. – Men uni yana ko’rishni umid qilib kutayapman.

I’m used to working long hours. – Men uzoq soatlar davomida ishlashga ko’nikkanman.

@IELTS_LEARN_ENGLISH