Get Mystery Box with random crypto!

Foydali grammatika ​​​Ingliz tilida tartib sonlar Tartib s | Ingilis tili

Foydali grammatika

​​​Ingliz tilida tartib sonlar


Tartib sonlar predmetlarning ketma-ketligini yoki qatorda predmet egallab turgan joyni anglatadi.
Nechanchi? (beshinchi, oltinchi va hokazo) savoliga javob beradi.

Songa -th suffiksini qo'shish orqali yasaladi:
|ten — tenth (o'ninchi)

Istisno holatlar:

1) Birinchi uchta son:
|one — first (birinchi)
| two — second (ikkinchi)
| three — third (uchinchi)


2) Quyidagi sonlar tartib songa aylantirilganida umumiy qoidaga bo'ysunmaydi:

|five — fifth (beshinchi)
| eight — eighth (sakkizinchi)
| nine — ninth (to'qqizinchi)
| twelve — twelfth (o'n ikkinchi)


• O'nliklarni ifodalovchi sonlar tartib songa aylantirilganida oxirgi y harfi i ga o'zgaradi va —eth suffiksi qo'shiladi:

| twenty — twentieth (yigirmanchi)
| seventy — seventieth (yetmishinchi)


Tartib sonlar odatda the artikli bilan birga ishlatiladi.


​​​ Sanoq sonlar

«Necha?» savoliga javob beradi. Olti, to'qqiz va hokazo.

Ingliz tilida o'n ikkigacha bo'lgan sanoq sonlar o'ziga xos mustaqil so'zlardan tashkil topadi: one, two, three, four…

13 dan 19 gacha bo'lgan sanoq sonlar —teen suffiksini qo'shish orqali yasaladi:

| four + teen — > fourteen
| o'n to'rt
| eight + teen — > eighteen
| o'n sakkiz


Istisno holatlar:
|five + teen — > fifteen
| o'n besh
| three + teen — > thirteen
| o'n uch


O'nliklarni ifodalovchi sonlar -ty suffiksi yordamida yasaladi:

|six + ty — > sixty oltmish
| nine + ty — > ninety to'qson


@IELTS_LEARN_ENGLISH