Get Mystery Box with random crypto!

'Adverb - Ravish' Ravish deb ish-harakatning qanday, qayerd | Ingilis tili

"Adverb - Ravish"

Ravish deb ish-harakatning qanday, qayerda, qachon sodir bo‘lganini bildiruvchi so‘zlarga aytiladi.

He works hard.
U qattiq ishlaydi.

He lives here.
U shu yerda yashaydi.

I have not met him lately.
Men uni oxirgi paytlarda uchratganim yo‘q.

Ravish sifat yoki boshqa ravishlarning belgi va xossalarini ham ifodalashi mumkin:

He is a very good student.
U juda yaxshi talaba.

She translates the article quite well.
U maqolani juda yaxshi tarjima qiladi.

Gapda ravishlar hol bo‘lib keladi.


"Ravishlarning turlari"

1. O‘rin-joy ravishlari: here - shu (bu) yerda, bu yoqqa, there - u yerda, where - qayerda, qayerga, inside - ichkarida, ichkariga, outside - tashqarida, tashqariga, above - yuqorida, yuqoriga, below - pastda, pastga, quyida, somewhere, anywhere - biror joyda, biror joyga, nowhere - hech qayerda, elsewhere - boshqa biror joyda va boshqalar:

He will stay there until June.
U iyungacha o‘sha yerda bo‘ladi.

I opened the box and saw that there was nothing inside.
Men qutini ochdim va uning ichida hech narsani ko‘rmadim.


Somewhere ravishi bo‘lishli gaplarda ishlatiladi:

I left my umbrella somewhere.
Men soyabonimni allaqayerda qoldiribman.


Anywhere so‘roq va bo‘lishsiz gaplarda ishlatiladi:

Are you going anywhere tomorrow?
Ertaga biror joyga borasizmi?

I can’t find my dictionary anywhere.
Men lug‘atimni hech qayerdan topa olmayapman.


Nowhere qisqa javoblarda ishlatiladi:

Where did you go after supper? — Nowhere.
Kechki ovqatdan keyin qayerga bordingiz? — Hech qayerga.


Boshqa hollarda nowhere ravishi juda kam ishlatiladi, uning o‘rnida not … anywhere ishlatiladi.

They went nowhere after supper. = They did not go anywhere after supper.
Ular kechki ovqatdan keyin hech qayerga borishmadi.


@IELTS_LEARN_ENGLISH