Get Mystery Box with random crypto!

126-dars Articles A / An / The – Ingliz tilida artikl Ingliz | Ingilis tili

126-dars
Articles A / An / The – Ingliz tilida artikl

Ingliz tilida Artikllar


Ingliz tilida ikki hil artikl bo’lib ular: Aniq va Noaniq artikllar deyiladi. Aniq artikl the, Noaniq artikl esa a va an.

Artikllar odatda ot oldidan ishlatiladi:


I have a cat – Menda mushuk bor
She is a teacher – U o’qituvchi
The book is on the table – Kitob parta ustida.

Artikllar shuningdek otni ifodalovchi sifat oldida ham ishlatilishi mumkin:


It is a red book
She is a nice student.

Agar sifat otsiz ishlatilsa, artikllar tushib qoldiriladi:


It is red
She is nice

Noaniq artikllar a, an faqat birlikdagi otlar bilan ishlatiladi, a book, a pen, acat…. Sanalmaydigan otlar oldida ishlatilmaydi: a water yoki a money. Artikl odatda undosh tovush bilan boshlanadigan otlar oldida ishlatilsa anartikl faqat undosh tovush bilan boshlanadigan otlar oldida ishlatiladi.


a book , a cat, a university, an apple, an engineer, an hour


The esa birlikda ham ko’plikda ham ishlatilishi mumkin: The book, The books…. Shuningdek the sanaladigan yoki sanalmaydigan otlar bilan ham ishlatiladi:  The water… The teacher
.

I have glasses.   (Ko’plikda – a /an )
You have a hat.  (birlik sanaladigan ot)
He has some strawberries.(ko’plik, sanaladigan ot)
The cat has somewater. (Water sanalmaydigan ot a / an )
We have time to learn English. (time va English sanalmadigan ot)
They have a good relationship. (relationship sanaladigan birlikdagi ot)
All three children have popsicles. Thepopsicles taste good. (Popsicles ko’plikdagi sanaladigan ot)

️@Ingiliz_tilii