Get Mystery Box with random crypto!

InCapital.uz

Telegram kanalining logotibi incapital_uz — InCapital.uz I
Telegram kanalining logotibi incapital_uz — InCapital.uz
Kanal manzili: @incapital_uz
Toifalar: Biznes , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 675
Kanalning ta’rifi

Bizda siz:
- Iqtisod yangiliklari
- Biznes yangiliklari
- Investitsiya yangiliklari
- Ekonomika yangiliklari
- Kunlik qiziqarli ma'lumotlarni
kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-13 11:59:53
Jenevadagi Christie's auksion uyida dunyodagi eng katta - 205 karatli sariq “Qizil Xoch” olmosi $12 million dollarga sotildi. Birinchi marta 1918-yilda "Qizil Xoch" foydasiga gumanitar kimoshdi savdosida paydo bo‘lgan, o‘shanda uni Londonning S.J. Phillips zargarlik firmasi sotib olgan. 1973-yilda qimmatbaho tosh yana kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va 1,8 million Shveysariya frankiga sotilgan. Qimmatbaho tosh 1901-yilda Janubiy Afrikadagi De Beers konida topilgan og‘irligi 370-380 karat bo‘lgan olmosdan olingan.

Incapital
226 views08:59
Ochish/sharhlash
2022-05-13 09:59:53
Endi masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham xaridlardan %1 foiz miqdorida Cashback to‘lanadi. Bularga Click, Payme, Oson, Apelsin, Paynet, ATTO va boshqa xizmatlar, bank xizmatlari (mobil ilovalar) va onlayn do‘konlar orqali to‘lovlar kiradi. Ushbu xizmatlarning soliq organlari tizimlari bilan integratsiyalashuvi tufayli to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda QR-kodli chek hosil bo‘ladi. Agar iste’molchi Cashback tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, xarid summasining %1 foizi Soliq mobil ilovasining shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks ettiriladi.

Incapital
196 views06:59
Ochish/sharhlash
2022-05-12 15:59:52
Samsung Electronics kompaniyasi yangi "6G" tarmoq standarti bo’yicha kompaniyaning rejalari bayon qilingan yangi ma’lumotni chiqardi. Janubiy Koreyaning texnologiya giganti bozorga keyingi avlod standartini olib chiqish ustida ish boshlagan. 6G yuzlab MGts dan o’nlab gigagertsligacha ultra keng polosali spektrni talab qilishi ma’lum. Bu yuqori sifatli mobil gologrammalarni hamda chinakam immersiv kengaytirilgan haqiqatni (XR) yaratish imkonini beradi. Tezlik nuqtai nazarida, Samsung 6G sekundiga 1 terabit (Tbps) ga yetishi mumkinligini aytilmoqda.

Incapital
184 views12:59
Ochish/sharhlash
2022-05-12 14:04:53
Business Insider tomonidan keltirilgan CNBC intervyusida u shunday dedi: Biz o’n yil ichida odamlarni Mars sayyorasi yuzasiga olib chiqishimiz kerak. O’ylaymanki, qo’nish shu o’n yil ichida mumkin bo’ladi. odamlar bu rejalar haqiqatiga ishonishlari uchun Marsga qandaydir yirik yuklarni yetkazish muhim. Uning sharhlari SpaceX kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask tomonidan aytilgan o’xshash bashoratlarga mos keladi.

Incapital
168 views11:04
Ochish/sharhlash
2022-05-10 16:03:53
Soliq qo‘mitasi yanvar-mart oylari uchun iste’molchilarga yana 4,2 milliard so‘m keshbek to‘lab berdi. Yil boshidan buyon iste’molchilarga to‘langan summa 72,3 milliard so‘mga yetdi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 29-apreldan 6-mayga qadar o‘tkazilgan o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, yanvar-mart oylari uchun iste’molchilarga yana 4,2 milliard so‘m keshbek to‘lab berildi,

Incapital
200 views13:03
Ochish/sharhlash
2022-05-10 14:01:53
2022-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 35,4 million kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 738,3 ming kishiga yoki %2,1 foizga o‘sdi. O‘zbekistonning doimiy aholisi sonida mehnatga layoqatli yoshga to‘lmagan bolalar %31,5 foiz, mehnatga layoqatli yoshdagilar %57,4 foiz va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar %11,1 foizni tashkil etdi.

Incapital
178 views11:01
Ochish/sharhlash
2022-05-10 12:01:24
Qualcomm kompaniyasi korporativ ulanish nuqtalari va uy routerlari uchun "Wi-Fi" chiplari qatori Wi-Fi 7 "Networking Pro Series" ni e’lon qildi. Texnologik gigantning yangi ishlanmasi 16 ta oqimda "33 Gbit/s" gacha tezlikda to‘rt polosali ulanishni, shuningdek, yanada barqaror ulanish va minimal shovqinlarni taklif etadi. 4 ta Wi-Fi 7 Networking Pro Series platformasi 2.4GHz, 5Hz va 6GHz diapazonlarida ancha kengroq 320MHz kanallarni qo’llab-quvvatlaydi.

Incapital
171 views09:01
Ochish/sharhlash
2022-05-10 10:04:53
Xarid uchun to‘lovni amalga oshirish uchun mijozlar pochta orqali "QR" - kodli havola oladi, bu ularga kripto hamyonidan foydalangan holda pul mablag‘larini kiritish imkonini beradi. Gucci kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Marko Bizzarri “Gucci kompaniyasi mijozlarimizga yanada boy brend tajribasini taqdim eta oladigan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga intiladi” - deya fikr bildirdi.

Incapital
170 views07:04
Ochish/sharhlash
2022-05-07 13:59:53
Bill Geyts BBC Radio 4 ga bergan intervyusida Ilon Maskka tegishli Twitter ilovasi bundan ham yomon bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi. Bill Geytsga ko‘ra, u omma oldida bo‘lgan va ba’zi odamlar fitna nazariyalariga tayanib, Geyts ularni (vaksina tarkibidagi maxsus moslama yordamida) kuzatayotganini da’vo qilib unga baqirishgan. Bu milliarder uchun dahshatli hodisa bo‘lgan.Bill Geyts gaplariga ko'ra; O‘ylaymanki, Twitter ilovasi bundan ham yomonroq yoki bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin.

Incapital
235 views10:59
Ochish/sharhlash
2022-05-07 12:01:17
Honda kompniyasining JAXA (Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi) va Artemis bilan birgalikda qayta ishlash jarayoniga asoslangan qayta tiklanadigan energiya tizimini yaratish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib bormoqda. Bu energiya tufayli Oy yuzasida suv va quyosh nurlaridan foydalanish mumkin bo’ladi. Shuningdek, kislorod, elektr va vodorod energiyasini ishlab chiqaradi. Qayta ishlash jarayoniga asoslangan texnologiya yuqori bosim pasayishi bilan suv elektroliz tizimini o’z ichiga oladi. Bosim va elektr ta’sirida suv vodorod va kislorodga bo’linadi. Butun strukturaning balandligi 980 mm. Suv elektroliz zavodining o’zi balandligi 420 mm va kengligi 210 mm bo’lgan o’lchamlarga ega.

Incapital
202 views09:01
Ochish/sharhlash