Get Mystery Box with random crypto!

Samsung Electronics kompaniyasi yangi '6G' tarmoq standarti b | InCapital.uz

Samsung Electronics kompaniyasi yangi "6G" tarmoq standarti bo’yicha kompaniyaning rejalari bayon qilingan yangi ma’lumotni chiqardi. Janubiy Koreyaning texnologiya giganti bozorga keyingi avlod standartini olib chiqish ustida ish boshlagan. 6G yuzlab MGts dan o’nlab gigagertsligacha ultra keng polosali spektrni talab qilishi ma’lum. Bu yuqori sifatli mobil gologrammalarni hamda chinakam immersiv kengaytirilgan haqiqatni (XR) yaratish imkonini beradi. Tezlik nuqtai nazarida, Samsung 6G sekundiga 1 terabit (Tbps) ga yetishi mumkinligini aytilmoqda.

Incapital