Get Mystery Box with random crypto!

БАРОКАТЛИ ИЛМ

Telegram kanalining logotibi ilmli_ayollar_kanali — БАРОКАТЛИ ИЛМ Б
Telegram kanalining logotibi ilmli_ayollar_kanali — БАРОКАТЛИ ИЛМ
Kanal manzili: @ilmli_ayollar_kanali
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 312
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum ilmga chanqoq muslimalar.
Kanalimiz ilm izlagan, jamiyatda va oilada o'z o'rniga ega bo'lishni istagan ayollarga ko'mak berish maqsadida ochilgan.
Berilayotgan ma'lumot va maslahatlarni Alloh barchamizga manfaatli va foydali qilsin.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-19 10:30:31 Peshonamdagi nur (1-qism)

https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
169 views07:30
Ochish/sharhlash
2023-03-19 10:30:31
#Audiokitob
"Peshonamdagi nur"
Mahmud Olaqosh

"Musulmoncha yashash qanday go'zal bo'lsa, musulmoncha o'lish ham xuddi shunday go'zal va xushdir..."
Bu asarda bosh qahramon o'ziga to'q, ishbilarmon, doim xayriya ishlarini amalga oshiradigan, masjidlar qurdirgan Saljuqbey ismli insonning hayoti haqida hikoya qilinadi. Unga shifokorlar boshida shish borligi va 6oylik umri qolganligini ma'lum qilishadi. Va qahramonimiz ana shu olti oy ichida nimalardan voz kechib, nimalarga erishganligi haqida asarda so'zlanadi.


Matnni Shams Solih o‘qigan

Audiokitob Shams Solih sahifasidan olindi

Audiokitob 6 qismdan iborat.

https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
169 views07:30
Ochish/sharhlash
2023-03-19 07:34:27
https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
161 views04:34
Ochish/sharhlash
2023-03-15 05:30:28
#Xayrli_tong

Assalomu alaykum!  Yangi tong muborak bo'lsin.

Siz va bizlarni sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!

Hamisha Allohning panohida bo‘ling

https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
259 views02:30
Ochish/sharhlash
2023-03-14 09:34:35 KO‘NGIL ALLOHNING UYI

Kimdir gunohlardan poklanish uchun boyligini sarflashga tayyordir, kimdir o‘z go‘zalligiga suyanib, birovlarning ko‘nglini olar, ammo bir oilaga, murg‘ak farzandlarga zulm qilib, ayoli bor erkakning nafsi bilan o‘ynashsa, uni aqliga zarar yetkazib, o‘z oilasidan bezdirsa, o‘zini pok deb ayta oladimi?

Ko‘ngil Allohning Ka’basi kabidir, o‘zgalar ko‘nglini behuzur qilib o‘ziga qora dog‘ orttirgan ayollarning holiga voy... Ular Allohning rahmatidan qurilgan bir oilani qanday jur’at bilan buza oladiki, ertaga qiyomatda Tangrining oldida boshini ko‘tarib tura olsa...

«KA’BA»NI BUZIB, KA’BAGA BORAYOTGANLAR

Hech kim boy-badavlat, mansabli, obro‘li erkakni o‘ziniki qilib olish uchun avvalgi xotinini taloq qildirishga urinmasligi lozim. Rizqu ro‘z, oilaviy baxt masalalari taqdirga qarab bo‘ladi.

Birovning oilasini buzishga uringandan ko‘ra, ularga baxt-saodat tilab, o‘ziga ham xuddi o‘shandoq, balki undan ham yaxshiroq oila bo‘lishini tilash, shuning uchun ham halol-pok yo‘l bilan harakat qilish kerak.

Afsuski, ba’zi bir ayollar bu haqiqatni tushunib yetmaydilar, to‘g‘rirog‘i, tushunib yetishga urinmaydilar ham. Ular uchun tayyor oilaga oson yo‘l bilan kirib olish baxt-saodat manbasi bo‘lib ko‘rinadi.

Shunday kimsalar borki, tuppa-tuzuk yashab turgan er-xotinni bir-biriga qayrab, erini xotiniga, xotinni eriga yomon ko‘rsatib, ularning guldek oilasini buzish payida yuradi.

Yana shundaylar borki, bir ayolning ko‘nglini buzib, erini undan tortib olishga urinib, Ka’baga ham borib keladilarki, ular o‘zlarining nima qilib qo‘yayotganini anglay olmay, o‘z gunohi bilan parokanda bo‘lib qolayotgan bo‘ladi.

Axir bir ko‘ngil Ka’basini vayron qilib, Allohning Ka’basini ziyorat etishdan nima kutishadi? Bundan keladigan oqibat qahr bo‘lmasmi? Buning kasri yaqinlariga, eng sevganlariga urmasmi? Kun kelib uradi.So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman deganini o‘shanda tushunishadi.
Erining boshqa ayol hiylasiga uchib ketganini ko‘rgan ayol tunlari yig‘lamaydimi? Bolalarini tirik yetim bo‘lib qolayotganini anglayotgan ayol osuda uxlay oladimi? Baxtim deb yashab turgan insoni kutilmaganda makrga duch bo‘lib, qahrini xotiniga sochganida bolalari buni buni sezmaydimi? Hammasi gunoh, katta gunoh... Bunga esa o‘sha erkakning nafsini qo‘zg‘agan, ko‘zini ko‘r qilgan makrli, shayton malayiga aylangan ayollar aybdor bo‘laveradi.


https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
240 views06:34
Ochish/sharhlash
2023-03-14 09:34:35 Erkakning nafsini qo‘zg‘ab, o‘z oilasidan bezdirayotgan ayollar ko‘paydi...


Baliqlar xohlasa ham, qirg‘oqda yurolmagani kabi, qorlar xohlasa ham yozda turolmagani kabi, quyosh xohlasa ham tunda chiqolmagani kabi bu olamda har kimning haqini Alloh bermasa, ololmaydi.

Shunday ekan, inson haqqim bor, deb haqdorlarning rizqiga, ne’matiga tajovuz qilgani ne hol?

Deylik, bir baxtli oilada shirin farzandlar va mehrli insonlar birlashib yashayapti. Ularning o‘rtasiga boshqa bir badbaxt tushib, «Mening haqqim shu yerda», deb aralasha boshlasa, uning amalini bu dunyoda zolim deyishadi.

U o‘z aqli va ma’naviyati bilan «bu ishni oson kechadi va men o‘z haqqimu baxtimni shu yerdan olaman», deb o‘ylar, ammo bilmaydiki, murg‘aklar qalbini parokanda qilib, shirin farzandlarini bag‘riga bosib ne qilarini bilmayotgan bir mushtipar ayol uning uchun Allohga faryod qilmoqda. Balki uning ustidan Yaratganga shikoyat qilayotgandir...

Ammo zulmkor ayollar buning oqibatini bilgunicha, vijdonidagi yara gazak otib bo‘ladi, va yiringlagan qalbidagi yarani tuzatolmay, gunohini ortqilab olamdan o‘tib ketadi.

Bundaylar avval ham bo‘lgan va bu olamdan bir ahvolda o‘tib ketgan, bugun ham borki, shu ahvolda o‘tib ketadilar.

ULARNING O‘RNI...

Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan. Xotin kishi ishonuvchi bo‘ladi. Unga eri haqida bo‘lmag‘ur gaplarni aytib, urishtirib oilani buzishga olib keladigan shaxs musulmonlardan bo‘lmas ekan.

Mufhumul muxolafa, qoidasiga binoan erga xotin haqida turli bo‘lmag‘ur gaplarni aytib, uni xotinga qarshi qayraydigan kishilar ham musulmonlarga xos bo‘lmagan ishni qilgan bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Kim bir ayolni eri bilan yoki qulni xojasi bilan orasini buzsa, bizdan emas», dedilar».
200 views06:34
Ochish/sharhlash
2023-03-11 11:04:34
#kino_time


Ong kengaytiruvchi, rivojlantiruvchi juda ko'p anglashlar olishingizga sabab bo'ladigan kino. Albatta tomosha qiling!


Film nomi: "Zehnli ayol"
Filmda Rivojlanishdan to’xtab qolgan hind ayoliga yaqinlari yomon, kamsitishli, haqoratli so’zlari bilan aslida “o’qi, o'rgan, rivojlan, qotib qolding, harakatlan!” deyishayotgan bo’ladi, buni to’g’ri anglay olgan zehnli, hayotdagi maqsadlariga erishmoqchi bo'lgan hind ayolining hikoyasi haqida.

Tomosha qiling va keyin albatta anglashlar bilan bo'lishing


https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
272 views08:04
Ochish/sharhlash
2023-03-11 11:04:02 Xayrli kun, qadrlilarim. Bugun shanba

Ko'pchilik ishlaydigan ayollarda "karotkiy den" Ishdan kelib tezda uy ishlari va oila a'zolar xizmatiga sho'ng'ib ketishadi.

Mandan kichik maslahat, kechki payt o'zingizga dam olishga vaqt ajrating va shu filmni tomosha qiling

https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
230 views08:04
Ochish/sharhlash
2023-03-10 05:47:47
Alloh taoloning yaratgan kunlarning eng afzali juma kunidur. U kuning ulug’ fazilatlari bor bo’lib, quydagicha sunnat va odoblarga taqsimlanadi:

1. Juma uchun g‘usl qilish.

2. Xushbo‘y narsalar surtish.

3. Chiroyli kiyimlar kiyish.

4. Jumaga viqor va sakina bilan erta borish.

5. Juma kuni badanni tozalab, hay’atni go‘zal qilish.

6. Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish.

7. Juma kuni va kechasi duoni ko‘p qilish.

8. Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish.

9. Imom birinchi rak’atda Fotihadan keyin Jumu’a surasini va ikkinchi rak’atda Munofiqun surasini qiroat qilish.

10. Juma kuni bomdod namozida "Haa miym sajda" va "Hal ataa alalinsani" suralarini qiroat qilish sunnatdir.

11. Juma namozining farzidan avval va keyin to‘rt rak’atdan sunnat namozi o‘qish.

12. Jumada mudragan odam boshqa yerga o‘tib olishi.


https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
271 views02:47
Ochish/sharhlash
2023-03-10 05:42:32
#Xayrli_tong

Assalomu alaykum!  Juma tongi muborak bo'lsin.

Siz va bizlarni sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!

Hamisha Allohning panohida bo‘ling

https://t.me/Ilmli_ayollar_kanali
294 viewsedited  02:42
Ochish/sharhlash