Get Mystery Box with random crypto!

BuxDU_Ilmiy ishlar va innovatsiyalar rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi ilmiy_ishlar_va_innovatsiyalar — BuxDU_Ilmiy ishlar va innovatsiyalar rasmiy kanali B
Telegram kanalining logotibi ilmiy_ishlar_va_innovatsiyalar — BuxDU_Ilmiy ishlar va innovatsiyalar rasmiy kanali
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 743

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-04-07 07:51:02
TALABALAR UCHUN STIPENDIYA TANLOVIGA START BERILDI

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI — 2023” tanlovi o‘tkaziladi.

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan bakalavr bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 30-aprelga qadar onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

3 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra gʻoliblar “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovgʻalar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

Batafsil maʼlumot: @registon_stipendiya_bot

TANLOV NIZOMI

Ma’lumot o‘rnida, ushbu stipendiya xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
201 views04:51
Ochish/sharhlash
2023-04-06 20:14:20
#Yoshlar_akademiyasi

“Mirzo Ulug'bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichi yakunlandi!

Joriy yilning 27-fevral kunidan 5-aprel kuniga qadar Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

1-bosqich yakunlariga ko‘ra 995 nafar ishtirokchilar g‘olib deb topilib, ularga tanlovning 2-bosqichiga yo‘llanma va BHMning 5 barobari miqdoridagi pul mukofotlari uchun sertifikatlar taqdim etildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
284 views17:14
Ochish/sharhlash
2023-04-03 20:23:39
#ДИҚҚАТ_ЭЪЛОН

“Эл-юрт умиди” жамғармаси 2023 йилги 1 стипендия танловини эълон қилади!

Танлов 500 ўринга мўлжалланган бўлиб, бакалавриат таълим дастури учун 75 ўрин, магистратура учун 275 ўрин, докторантура учун 150 ўрин стипендиялар ажратилади.

Номзодларнинг ҳужжатлари 2023 йил 1 апрелдан – 1 майга қадар, республиканинг барча ҳудудлари вакиллари учун ягона тартиб ва тенг имконият асосида, онлайн режимда ва электрон тарзда қабул қилинади.

Саралаш босқичлари 2023 йил 1 майдан 1 июнга қадар давом этади.

Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг Онлайн ҳужжат топшириш платформасида батафсил ёритиб берилган: http://admission.eyuf.uz

Танловда ғолиб бўлган стипендиатларнинг хорижий университетларда таълим олишлари учун барча харажатлар Жамғарма томонидан қоплаб берилади.

“Эл-юрт умиди” жамғармаси юртимизнинг умиди, ишончи ва таянчи бўлган сиз ёшларни ўз танловларида кутиб қолади.

Батафсил: https://eyuf.uz/site/view?id=890

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
611 views17:23
Ochish/sharhlash
2023-03-28 14:40:29Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilindi

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinadi:

Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik
Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
Biologiya fanlari
Biotexnologiya fanlari
Filologiya va ijtimoiy fanlar
Huquq fanlari
Iqtisod fanlari
Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiya
Matematika, fizika va mexanika fanlari
Pedagogika va psixologiya fanlari
Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
Tarix va arxeologiya fanlari
Texnika fanlari
Tibbiyot fanlari
Veterinariya va chorvachilik yo‘nalishi
Farmakologiya va farmasevtika fanlari
Yer to‘g‘risidagi fanlar

Hujjatlar 2023-yilning 5-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlovda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ilmiy darajaga ega xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.

BATAFSIL.

@mininnovation
209 views11:40
Ochish/sharhlash
2023-03-28 14:40:29
#E’lon

Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar tanloviga start berildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:

1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan qatnashadi;

loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng uzoq muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

Arizalarni ko‘rib chiqishda quyosh panellariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan startap loyihalarga ustuvorlik beriladi.

Quyidagi hujjatlar (asl nusxalari) PDF shaklida https://forms.gle/fNwJeUH6i3WDnCrMA elektron manzili orqali joriy yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!

Loyihani elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmati: 71-203-32-23 (ichki raqam 216).

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5218

Telegram|Instagram|Facebook | YouTube
214 views11:40
Ochish/sharhlash
2023-03-28 14:40:29
Innovatsiya vazirligi tomonidan startaplar tanlovi: istiqbolli loyihalar 1 mlrd soʻmgacha moliyalashtiriladi!

Tanlovda 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, oʻzining IT sohasidagi innovatsion loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin

Tanlov boʻyicha quyidagi yoʻnalishdagi loyihalar qabul qilinadi:
– Raqamli
– Aqlli tibbiyot
– Aqlli transport
– Aqlli taʼlim
– Aqlli qishloq xoʻjaligi
– Aqlli energetika tizimi
– Aqlli mahalla

Tanlov imtiyozi: moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalarga 1 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/innovatsiya-vazirligi-tomonidan-startaplar-tanlovi/

Kanal: https://t.me/sup_port_science
188 views11:40
Ochish/sharhlash
2023-03-25 11:18:28
DIQQAT! DIQQAT! Doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar diqqatiga!

Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2023-yil 28-aprel kuni bo’lib o’tadigan “TALABALAR ILM-FANI: DOLZARB MASALALAR, KREATIV G‘OYALAR, LOYIHALAR VA INNOVATSIYALAR” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyaga lutfan taklif etadi.
Shuningdek Puchon universiteti qoshidagi Ilm-fan va innovatsiyalar markazi tomonidan “YOSHLAR VA ILM-FAN: ILMIY YUTUQ CHO’QQILARI SARI” mavzusida bir qator ilmiy seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada ishtirok etish uchun 2023-yil 12-aprelga qadar 1conf.bucheon@gmail.com elektron manzili orqali ariza va maqola alohida fayllarda yuborilishi kerak. (Ariza yozish va maqola shartlari yuqoridagi rasmda keltirilgan)

Shoshiling imkoniyatni qo’ldan chiqarmang.
522 views08:18
Ochish/sharhlash
2023-03-21 06:26:01
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!

ЯНГИЛАНИШ, ЯШАРИШ БАЙРАМИ - НАВРЎЗИ ОЛАМ МУБОРАК !

Барчангизга тинчлик- ҳотиржамлик, хонадонингизга қут-барака, ишларингизга ривож тилаймиз! Ўйлаган тилакларингиз энг чиройли тарзда ижобат бўлсин!

ҚАДРДОНЛАРНИ БИРИНЧИ БЎЛИБ ТАБРИКЛАНГ

(Обуна бўлинг )
https://telegram.me/+qPWcSydXCL02MTEy
413 views03:26
Ochish/sharhlash
2023-03-17 11:08:18 https://mininnovation.uz/news/post-1171
164 views08:08
Ochish/sharhlash
2023-03-17 10:35:26Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar tanlovi

Arizalar 2023-yil 16-martdan 2023-yil 16-aprelgacha qabul qilinadi;

1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etadi. Startap loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

Tanlov doirasida taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqishda Quyosh panellariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan startap loyihalarga ustunlik beriladi!

BATAFSIL.

@mininnovation
193 views07:35
Ochish/sharhlash