Get Mystery Box with random crypto!

Goʻzal tarbiya. Bir kun yonimga Qurʼondan tahsil istab bir bo | 📚ILMGOH | NAJOT KEMASI

Goʻzal tarbiya.

Bir kun yonimga Qurʼondan tahsil istab bir bolakay keldi. Bolakayga bir razm solgach, men undan soʻradim:

- Qurʼondan biror surani yoddan bilasanmi?
- Ha.
- Ammadan Qurʼonni 30 oxirgi qismidan bilasanmi?
U oʻqib berdi.
- Taborak surasini bilasanmi? Uni tilovatiga lol qolgan edim. Yana bir tilovat eshitish istagida undan naxl surasini soʻradim. Va qarangki uni ham yoddan bilar edi. Endi yana bir imtixon uchun bolakaydan uzun suralardan boʻlmish bakara surasini soʻradim. U Baqara surasini oʻqiy boshladi. Bolakay soʻralarni shunday goʻzal va tiniqlik bilan oʻqib berdiki man lol qolgan edim.

- Oʻgʻlim Qurʼonni toʻliq bilasanmi?
- Ha.

Ertaga otasi bilan kelishini soʻradim. Shunday oqil va ilmli farzandga kim ota ekanligini koʻrgim keldi. Ammo uni padarini koʻrgach yana ham hayron boʻlib qoldim.
U sunnatga ergashgan odamga oʻhshamas edi.
U meni xayronligimni koʻrib:
Mani shunday farzandni otasi ekanligimga ishonmayatganingiz koʻrinib turibdi. Xozir sizga hammasini tushuntirib beraman.
- Bu bolani orqasida 1000 nafar erkak oʻrnini bosa oladigan odam turibdi. Mani 3 nafar oʻgʻlim bor. Har biri QURʼONni yoddan biladi. 4 yoshli qizalogʻim ham bor. Qizalogʻim “Amma” qismini yodlagan.

- Qanday qilib?
- Ayolim farzandlarimiz gapirishni boshlashganida ularga Qurʼon yodlatishni boshlaydi va albatta farzandlarimizga maqtovlar va samimiy soʻzlar bilan dalda boʻladi. Bolalarimizdan qaysi biri birinchi boʻlib yodlasa, oʻsha farzandimiz kechki taomdan nima yeyishini oʻzi tanlaydi.

Kim birinchi boʻlib qaytarib bersa, dam olish kunlari qayerga borishimizni tanlaydi. Birinchi boʻlib Qurʼonni bitirgan esa, taʼtilni qayerda oʻtkazishimizni tanlaydi.


Soliha boʻlib uyini ham solihlarga toʻldiruvchi ayol mana shudir!

Manfa’atli deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan ham ulashing
@Ilmgoh_NK  ilm yo'lidagi hamrohingiz