2022-03-26 08:35:02
QIZLARGA O‘RGATING!
Sendan keyin erkak kishi bo‘lsa, narvonga chiqma. Bir chetda tur. Erkak chiqqanidan so‘ng undan keyin sen chiq!
Liftda begona erkak bo‘lsa liftga chiqma. U chiqsin. Keyingi safar sen chiq!
Amakingning o‘g‘li, tog‘angning o‘g‘li, xolangning o‘g‘li bilan qo‘l berib ko‘rishma!
Gaplashadigan kishing bilan doimo kerakli masofani saqla!
Qanchalik yaqin bo‘lmasin, kishilar bilan muomala qilganingda chegarani saqla.
Viqoringni muhofaza qil!
Yo‘llarda dugonalaring bilan kulishib gaplashma. Ko‘cha odobini saqla!
Sen bor joyga kattalar kirsa, diqqatli bo‘l. Kattalarni hurmat qil. Qariyalarga o‘rningni ber!
Ko‘chada otadan boshqa erkaklar begonadir. Ular bilan gaplashish shart emas. Qarindosh bo‘lsa-da, qalbi kasallar ko‘p!
Biror do‘konda og‘irroq narsani ko‘tarmoqchi bo‘lsang ruku qilgandek egilma. Oldin o‘tirib keyin ko‘tar. Mana shu yaxshiroq bo‘ladi. Ko‘rinishing xunik bo‘lmaydi!
Avtobus yoki taksida butun hayotingni doston qilma. Ovozingni ko‘tarma!
Ba’zilar yuqoridagi ishlarni yo‘qolib ketgan eskilik sarqitlari deb qaraydi. Ammo bizga tushgani ularni o‘z o‘rniga qaytarishdir. Bular buyuk dinimizning asl o‘zaklaridandir!
Alloh xotin-qizlarimizni fitnalardan asrasin!
Abdulqodir Polvonov
@Saidasror_Osim_official
15 views05:35