Get Mystery Box with random crypto!

Kecha OpenAI kompaniyasi GPT-4 ni e'lon qildi. GPT — bu katta | Докторантлар ва илмий изланувчилар | PhD, DSc

Kecha OpenAI kompaniyasi GPT-4 ni e'lon qildi. GPT — bu katta ma'lumotlar to'plami yordamida "shug'ullantirilgan" sun'iy intellekt til modeli. GPT-4 avvalgi versiyaga solishtirganda anchagina ko'p ma'lumotlar yordamida kuchaytirilgan. Tez orada ushbu modelni ChatGPT ilovasi orqali ishlatib ko'rish mumkin bo'ladi.

Xuddi shu kuni Google ham sun'iy intellektni o'z produktlariga kengroq integratsiya qilishi haqida xabar berdi. Bu birinchi bo'lib Workspace mahsulotlaridan boshlanadi (Gmail, Docs, Sheets, Chat, ...).

Bu nima degani? Aytaylik, siz qandaydir matn yaratmoqchisiz. Tahminan nima haqidaligini bilasizu, lekin aniq qanday yozishni bilmayapsiz. Shu hayolingizdagi 1-2 ta gapni yozsangiz, sun'iy intellekt modeli siz uchun to'liq matn yaratib beradi. Yuqoridagi videoda shuni ko'rishingiz mumkin.

Bora-bora hech narsani o'zimiz yozmay qo'yamiz shekilli :)

muhammadjohns

Ps: ma'lumotlarni boshqa ilmiy doiralarga ham yuborib qo'ying!

Kanalga ulanishni unutmang
@ILM_NUR_2020