Get Mystery Box with random crypto!

Soliha, muslima oʻzbekoyimlarga! (Niyoziydan oʻzlashtirma. 08 | Zayn bro

Soliha, muslima oʻzbekoyimlarga!

(Niyoziydan oʻzlashtirma. 08.03.2022)
بِسْمِ ٱللَّٰهِ

Keldi senga haq bu kun,
Nechun Endi Isyon? Qul
Jahannam kishanlarin
Oʻzing uchun xarom qil.

Farz qildi senga Islom
Ilm olmoq neʼmatin,
Shul neʼmatla sugʻorib
Qalbingni guliston qil.

Botqoq, xaqir umrni
Koʻrurlar senga ravo,
Ul iblisning doʻstlarin
Oʻzingdan mosuvo qil.

Soyada sargʻaymas yuzing
Bul qilmasin qalbing yaro,
Madrasa boʻlib oʻzing
Manzilingni Mavo qil.

Bor edi zoʻr xuquqing,
Pok yashab, ona boʻlmoq,
Oldilar uni sendan,
Ne topganing davo qil.

Oy xasad qilgan yuzing
El Ichra koʻz-koʻz qilib,
Xor boʻlib, kezding koʻcha
Ey nuridan judo gul.

Usti ochiq xolvaga
Qoʻnur najas pashshasi,
Sen qilib satri avrat
Pokliging nomoyon qil.

SEN qachon Ilm uchun
Otlansang ustoz sari,
Alloh farzila oʻzni
Xijobingla omon qil.

Muslima Nisa | Muslim_Mind

telegram.me/hasanovblog