Get Mystery Box with random crypto!

Sensatsiya qildim! Yaqinda ayamni telefonni buzilib qolgand | Zayn bro

Sensatsiya qildim!

Yaqinda ayamni telefonni buzilib qolgandi. Kechagi kuni tug'ilgan kunlariga telefonimni sovg'a qilib keldim. Ayam doim "telefondan uzoqlashgin'' deb aytardilar. Tug'ulgan kunlariga boshqacharoq sovg'a qilishim kerak deb yurgandim. Mana - ham telefon, ham telefonsizligimni sovg'a qildim. (qiz sovg'a qilish ham nasib qilsin )
Hamma hayron.

Rosdan ham so'ngi paytlar juda bog'lanib qolgandim shu "matox"ga. Ovqatlanganda, ko'chada yurganda, darsda o'tirganda, uxlaganda... oldimda bo'lishiga o'rganib qolgandim. Social networklardagi turli piarlar, yangilikar, surishtiruvlar, provakatsiyalar hamma hammasi tozza jonga tekandi.

Yaqinda Kunduziy o'zini telefon, internetnet va boshqa gadjetlardan foydalanishini cheklagandi bir haftaga. O'shani ko'rib shunaqa qilishim kerak deb yurgandim. Endi shuni qisman o'zimda sinab ko'ryapman. Oddiy klavish telefon ishlatyapman, internet, social network, kino ko'rish, qo'shiq eshitish uchun notebookdan foydalanyapman. Telefonga o'rganib qolgan odamga bu anchagina noqulay bo'lar ekan.

Bunga qancha chidashimni bilmayman lekin. Balki bir oydir, ikki oydir. Balki undan ko'proqdir. Hozircha agar grip bo'lganimni aytmasam hammasi yaxshi.

Bu vaziyatdan to'g'ri foydalangan holda ingiliz tili davom ettiryapman. Jiddiy qaragan holda. Zerikarli darslarda telefonim o'rnini lug'at egallayapti.

Tez orada Shiloh Jolie Pit, Emma Myureslar bilan yaqindan tanishib sevishishni boshlayman.

Hullasi kalomim, aytmoqchi bo'lib demoqchi bo'lganim shu qurg'ur telepondan uzoqlashinglar!
Ertaga uylansalaring ro'zg'orlaringni telepon tebratib bermeydi. Erga tegsalaring ikki kunda qaynonalaring ko'chlaringdi qo'ltig'latib haydavoradi.

Hazl o'z yo'liga. Ayalarni gapiga kiringlar!
Qachondir kech bo'ladi. O'shanda yaqinlarizni telefondagi rasmlaridan boshqa hech narsa qolmagan bo'ladi. O'sha rasmlarga qaraganda shirin xotiralar esga kelishi uchun hozir chalg'imaslik kerak.
Agar googleni kallasi 100% to'gri ishlaganda "Baxt manzili qayerda?" degan so'rovga yaqinlar bag'rini lokatsiyasini chiqarib bergan bo'lardi..!

Shuncha gap qayerdan keldi bilmadim lekin. O'zlaringa faqat keragini olinglar, qolgani tursin.
Ha aytgancha sariqqinam ogoh bo'! Agar chalg'itadigan bo'lsang sendan ham kechvoraman..!