Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Energetik ichimliklar tasviridan foydalanilgan fu | Ijtimoiy ish: turli sohalar

#Bilasizmi

Energetik ichimliklar tasviridan foydalanilgan futbolka va bosh kiyimlarni tarqatish mumkin emas

Energetik ichimliklar reklamasida quyidagilar taqiqlanadi:

soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televidenie va radio orqali reklama qilish;

tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) orqali energetik ichimliklarni reklama qilish;

energetik ichimliklar namunalarini voyaga yetmaganlar o'rtasida reklama qilish maqsadida bepul tarqatish;

voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni reklama qilish;

asosan voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan bo'lsa;

voyaga yetmaganlar orasida energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o'yinlarni va boshqalarni) tarqatish, shu jumladan sotish;

asosan bolalar va o'smirlar uchun mo'ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta'lim muassasalarida hamda tashkilotlarida energetik ichimliklarni reklama qilish;

energetik ichimliklardan foydalanilgan holda rag'batlantiruvchi aksiyalar o'tkazish.

Kanalga ulanish
@ojtimoiyish kanalimizga obuna boʻling