Get Mystery Box with random crypto!

Ular – biz o'ylagandan ko'ra ancha kuchli. Ular biz bilgandan | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Ular – biz o'ylagandan ko'ra ancha kuchli. Ular biz bilgandan ko'ra ancha iste'dodli. Ular– biz kutgandan ko'ra ko'prog'iga qodir.

Jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar uchun yangi imkoniyat!

Respublika yosh ijodkorlar kengashi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda UNDP ( Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi) xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda "Cheksiz ijod–cheksiz imkon" loyihasini taqdim etadi.

She'r, hikoya va publitsistika yo'nalishlarida iste'dodga ega bo'lgan yoshlarning sara ijod namunalari to'plam holida nashr etiladi.

O'zingiz yoki tanishingizda qatnashish istagi bo'lsa, joriy yilning 5-martiga qadar
@cheksiz_ijod_bot telegram botiga yoki (95) 475 75 72 (99) 897 22 13 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so'raymiz.

@ijodkorlarkengashi