Get Mystery Box with random crypto!

  DIQQAT E'LON Sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabal | Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti

  DIQQAT E'LON

Sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun o'quv mashg'ulotlarining yangilangan jadvali.

Sirtqi ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar sonining ko’pligi munosabati bilan hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida o'quv mashg'ulotlari jadvaliga qo'shimcha o'zgartirishlar kiritildi.

Talabalar dars mashg'ulotlariga o'z vaqtida yetib kelishlari hamda sababsiz dars qoldirmasliklari shart.

Shuningdek, talabalar dars mashg’ulotlari boshlangunga qadar shartnoma to’lovlarini amalga oshirishlari hamda Universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1. O’rta ma’lumot hujjatining asli (attestat yoki kollej (texnikum) diplomi);
2. 3x4 hajmda 6 ta fotosurat;
3. Pasport nusxasi (1 dona);
4. Konvert (1 dona);
5. Hujjatlar uchun (bog’ichli) papka (1 dona).